Yoshlar yetakchisi istiqbolli kadrlar institutiga o‘qishga qabul qilindi
Ulug‘nor tumani Shahriobod mahallasi yoshlar yetakchisi Akbarov Sarvarbek Ravshanbek o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2026–2027-o‘quv yili 1-davrasiga o‘qishga qabul qilindi.
Ushbu muvaffaqiyat yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va istiqbolli tashabbuslarni amalga oshirish borasidagi bilim hamda tajribani yanada oshirish uchun muhim imkoniyatdir.
Sarvarbek Akbarovni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi o‘qishlari va faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi marralar hamda xalqimiz va yoshlarimiz manfaatlari yo‘lida samarali mehnat tilaymiz!
Yoshlar yetakchilari — kelajak bunyodkorlari!
@ulugnorpressa
Post #52657
352

- 👍 6
- 🔥 4
- ⚡ 3
- 🏆 3
- 👏 2
- ❤ 1
- 🎉 1
- 💯 1
















