Ushbu kanalda “University of Business and Science”ning xalqaro bo‘limi faoliyati hamda talabalar uchun turli grantlar, akademik almashuv dasturlari va tanlovlar e’lon qilib boriladi
Murojaat uchun: ubsuzinternational@gmail.com
Post #1201
3.09K

🇺🇸 UBS ilmiy tadqiqotlari AQShdagi nufuzli xalqaro anjumanda taqdim etildi
University of Business and Science vakillari AQShning Pensilvaniya shtati, Pittsburgh shahrida o‘tkazilayotgan “Materials Science & Technology – 2026” (MS&T26) xalqaro ilmiy anjumanida ishtirok etmoqda.
💎 MS&T — materialshunoslik, metallurgiya va muhandislik sohalaridagi yetakchi olimlar, tadqiqotchilar, sanoat vakillari hamda ekspertlarni bir maydonda jamlaydigan yirik xalqaro ilmiy platformalardan biridir. Anjuman doirasida yangi avlod materiallari, zamonaviy qotishmalar, yuqori haroratga chidamli materiallar va ularni sanoat miqyosida qo‘llashga oid ilg‘or ilmiy yondashuvlar muhokama qilinmoqda.
UBS vakillari anjumanda ikkita ilmiy tadqiqot natijalarini taqdim etmoqda.
💎 Xalqaro anjuman 3 000 dan ortiq olim, tadqiqotchi va sanoat vakillarini, shuningdek, 100 dan ortiq kompaniya va tashkilotlarni bir maydonda jamlamoqda. NASA, GE Aerospace, Boeing, Carnegie Mellon University va Oak Ridge National Laboratory kabi yetakchi tashkilotlar qatorida UBS vakillarining ham o‘z tadqiqotlari bilan ishtirok etayotgani universitetning xalqaro ilmiy maydondagi o‘rnini mustahkamlamoqda.
🏛UBS bilan xalqaro marralarga yo‘l oching!
UBS International rasmiy sahifalari:
👍Telegram | 👍Instagram

💎 Birinchi tadqiqot mavzusi - "Development of Quaternary AlCoCrNi High-Entropy Alloys With Enhanced Specific Strength Via Compositional Tailoring". Ushbu tadqiqot yuqori mustahkamlik talab qilinadigan zamonaviy muhandislik sohalari uchun istiqbolli materiallarni yaratishga xizmat qiladi.
💎 Ikkinchi tadqiqot mavzusi esa - "Optimization of Mo-and Ti-Modified AlCrFeNi Eutectic High-Entropy Alloys for Scalable High-Temperature Applications". Tadqiqotning asosiy maqsadi ekstremal harorat sharoitlarida samarali ishlaydigan va amaliyotda keng qo‘llanishi mumkin bo‘lgan yangi qotishmalarni ishlab chiqishdan iborat.

- ❤ 2
- 👍 1