University of Business and Science Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri — KAIST (Korea Advanced Institute of Science and Technology) bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
🤍 KAIST QS World University Rankings 2026 reytingida 65-o‘rinni, Times Higher Education World University Rankings 2026 reytingida esa 70-o‘rinni egallagan.
UBS delegatsiyasining Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida imzolangan memorandum ikki universitet o‘rtasida akademik va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
Hamkorlik doirasida:
▫️Talabalar akademik almashinuvi;
▫️Professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar almashinuvi;
▫️Qo‘shma ta’lim va akademik dasturlar;
▫️Qisqa muddatli dasturlar va akademik tashriflar;
▫️Qo‘shma ilmiy loyihalar, seminar va konferensiyalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mazkur hamkorlik UBS talabalarining Janubiy Koreyada ta’lim olish, xalqaro akademik tajriba orttirish va global ilmiy muhitga chiqish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
🏛UBS bilan xalqaro marralarga yo‘l oching!
UBS International rasmiy sahifalari:
👍Telegram | 👍Instagram


