🇺🇿🇧🇪 Yevropaning nufuzli KU Leuven universiteti vakillari UBSda
University of Business and Science’da Belgiyaning KU Leuven universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🟢 Muloqotda KU Leuven huzuridagi Barqaror metallar va minerallar instituti — SOLVOMET direktori Peter Tom Jones hamda “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari Abidov Amir Ilgizovich ishtirok etdi.
💎 Uchrashuv davomida oliy ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
🟢 Xususan, barqaror metallurgiya, mineral resurslardan samarali foydalanish, zamonaviy muhandislik, qo‘shma tadqiqotlar va akademik almashinuv masalalariga e’tibor qaratildi.
🟢 Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun yangi hamkorlik imkoniyatlari, xalqaro loyihalar va qo‘shma tashabbuslar haqida fikr almashildi.
Mehmonlar UBS bo‘ylab sayohati davomida universitetning ta’lim muhiti, infratuzilmasi va ilmiy imkoniyatlari bilan ham yaqindan tanishdilar.
💎 Uchrashuv yakunida joriy yil oxirigacha UBS va KU Leuven o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
💎 KU Leuven universiteti dunyoning yetakchi tadqiqot universitetlaridan biri bo‘lib, QS World University Rankings reytingida 59-o‘rin, Times Higher Education World University Rankings reytingida esa 46-o‘rinni egallagan.
🏛UBS bilan xalqaro marralarga yo‘l oching!
UBS International rasmiy sahifalari:
👍Telegram | 👍Instagram



