TGViewer
KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati @tvkad · 5.46K subscribers
Post #15795 867
#live
Piskent tumanida sayyor qabul o‘tkazilmoqda

Ayni damda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati tomonidan Piskent tumanida fuqarolarning kadastr sohasiga oid murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topishga qaratilgan sayyor qabul oʻtkazilmoqda.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar bevosita tinglanib, har bir masala yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tushuntirishlar berilmoqda.

Shuningdek, joyida o‘rganishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berilib, muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan aniq choralar belgilanmoqda.

Fuqarolar murojaatlarining ijrosini ta’minlash va ko‘tarilgan masalalarni nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilmoqda.

#sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
  • ❤ 1
More from @tvkad
  1. Sep 29, 2026Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida shaxmat va parashaxmat bo‘yicha O…
  2. Sep 29, 2026#live Bekobod tumani aholisining kadastrga oid muammolari o‘rganilmoqda Ayni damda Davlat…
  3. Sep 29, 2026YOSHLAR BANDLIGI TA’MINLANIB, KADASTR TIZIMIGA YANGI KADRLAR JALB ETILDI Davlat kadastrlar…
  4. Sep 29, 2026Xatlov haqida nimalarni bilasiz? Jarayon qanday kechadi, nimalar aniqlanadi va bu ishning…
  5. Sep 29, 2026#live Bekobod shahar aholisining kadastrga oid muammolari o‘rganilmoqda Ayni damda Davlat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →