YOSHLAR BANDLIGI TA’MINLANIB, KADASTR TIZIMIGA YANGI KADRLAR JALB ETILDI
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan ishga taklif yoshlarni munosib mehnat faoliyatiga jalb etish va bandligini ta’minlash yo‘lida navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.
E’lon ortidan 70 nafardan ortiq nomzod kadastr tizimida faoliyat yuritish istagini bildirib, ishga qabul qilish jarayonida ishtirok etdi.
Bugun boshqarma boshlig‘i J.Axrorov tomonidan tuman va shahar bo‘limlarida ishlash istagini bildirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi. Bevosita muloqot davomida nomzodlarning bilim va salohiyati, sohaga qiziqishi hamda mehnat faoliyatiga tayyorgarligi o‘rganildi.
Suhbat yakunlariga ko‘ra, 50 nafar nomzod shartnoma asosida ishga qabul qilindi.
Yangi ish o‘rinlari yoshlarning bandligini ta’minlash bilan birga, kadastr tizimini salohiyatli va tashabbuskor kadrlar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.
Qabul jarayonlari davom etmoqda.
#vakansiya #kadastr
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Post #15786
778




- ❤ 1