#live
Bekobod shahar aholisining kadastrga oid muammolari o‘rganilmoqda
Ayni damda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi rahbariyati tomonidan Bekobod shahar, "Do'stlik" mahallasida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.
Qabul davomida ko‘rilayotgan asosiy masalalar auksion, kadastr pasportini shakllantirish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yhatidan o‘tkazishga doir murojaatlar bo‘lib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ko‘rsatmalar berilmoqda.
Shuningdek, qabulga yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati hamda Qonun ijrosi bo‘yicha viloyat aholisining uy-joylariga nisbatan egalik huquqlari eʼtirof etilayotgani yuzasidan tushunchalar berilmoqda.
#sayyor_qabul
Kanalga ulanish: https://t.me/tvkad
Facebook Instagram
Post #15779
851





