🔴🟦🟦🟦
❗️SSV: “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi 👍 Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan tizim xodimlari o‘rtasida “Tibbiyot fidoyisi” respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazishga doir chora-tadbirlar belgilandi.
➡️
Tanlov tashkilotchisi — Sog‘liqni saqlash vazirligi.
➡️
Texnik va tashkiliy operator — OVI (“OVI Unicorn” MCHJ) platformasi.
💫
Tanlov respublika va hududiy darajadagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
⬇️ Respublika darajasida:
🔴
“Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”;
🟢“Eng yaxshi hududiy sog‘liqni saqlash organi rahbari”;
🔵
“Eng yaxshi respublika yosh shifokori” (31 yoshgacha) nominatsiyalari.
⬇️ Har bir hududda:
🔴
“Eng yaxshi tuman (shahar) sog‘liqni saqlash organi rahbari”,
🟢“Eng yaxshi oilaviy poliklinika rahbari”,
🔵“Eng yaxshi tuman (shahar) shifokori”,
🟡“Eng yaxshi tuman (shahar) o‘rta tibbiyot xodimi”,
🔴
“Eng yaxshi oilaviy poliklinika”,
🟢“Eng yaxshi tuman (shahar) shifoxonasi”,
🔵“Eng yaxshi hududiy shifoxona” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
❗️Homiylik mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha nominatsiyalar ham belgilanishi mumkin.
🔃 Gʻoliblar uch komponentli metodika asosida aniqlanadi:
🏷 jamoatchilik fikri
— 60%;🏷 profil tibbiy assotsiatsiyalar bahosi
— 30%;🏷 Sog‘liqni saqlash vazirligi bahosi
— 10%. ⭐️ Baholar OVI platformasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar tomonidan tibbiy yordamga murojaat qilgandan so‘ng, telefon raqamini majburiy tasdiqlagan holda, 1 dan 5 gacha shkala bo‘yicha qo‘yiladi. 💻 Xolislikni ta’minlash uchun avtomatlashtirilgan hisob-kitob, raqamli qayd etish va soxta ovoz yig‘ishning oldini oluvchi antifrod mexanizmlari qo‘llaniladi.
📆
Tanlov har yili o‘tkaziladi. Platformada ovoz berish 31-oktabrda yakunlanadi. Natijalar 1-noyabr holatiga ko‘ra sarhisob qilinadi. 💻 OVI platformasi operator sifatida tanlovning texnik amalga oshirilishini ta’minlaydi va g‘oliblarni belgilash yoki yakuniy natijalarga ta’sir ko‘rsatish vakolatiga ega emas.
🏆 Gʻoliblar Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik rag‘batlantiriladi:
➡️ tibbiyot muassasalariga
— 500 million so‘m;
➡️ tibbiyot xodimlariga
— 30 million so‘m. 🖥
Gʻoliblar ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi hamda OVI platformasida aks ettiriladi.📲
Tanlovda ishtirok etish uchun OVI platformasida roʻyxatdan o‘ting!
🤩 Batafsil ma’lumot:
🌐
https://tanlov.ovi.uz. 📞
+998781508856.🚑
SSV Matbuot xizmati.🌐 Web-site 🔵Telegram 👥 Fb 📷 Instagram