TGViewer
Channel Public Channel
TDSHU • ТГУВ • TSUOS

TDSHU • ТГУВ • TSUOS

@tsuos

TDSHU rasmiy kanali
Официальный канал ТГУВ

Veb-sayt tsuos.uz
Facebook fb.com/tsuos.uz
Instagram instagram.com/tsuos.uz
Twitter http://twitter.com/tsuos_uz
YouTube youtube.com/c/tsuosuz

Murojaat uchun @tsuos_bot
Rektorga murojaat tsuos.vqabulxona.uz
Subscribers
10.4K
Photos
18K
Videos
2K
Links
9.3K
Recent Posts 5 shown
Post #25929 2.68K
Sizni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida  o'tkaziladigan “HOFIZ SHEROZIYNI YOD ETIB” nomli adabiy-ma'rifiy anjumanga taklif etamiz.

Anjuman 2026-yilning 12-oktabr kuni soat 11:00 da TDSHU huzuridagi Konfutsiy instituti majlislar zalida boshlanadi.

✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐Youtube
📹Instagram|🌐Twitter |🗄 tsuos.uz
Post #25928 3.49K
😄TDSHUning aziz va qadrli talaba qizlari!

Sizlarni BMT tomonidan ta’sis etilgan qutlug‘ ayyom — 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Universitetimizning boy sharqshunoslik an’analari va ilmiy maktabida ayol-qizlarimiz har doim yetakchi va muhim o‘rin tutib kelganlar. Bugungi kunda ham sizlar nafaqat talaba, balki fan va ta’lim, madaniyatlararo muloqot hamda xalq diplomatiyasini rivojlantirishda, xalqaro tanlovlar va grantlarda yuksak natijalarni namoyon etayotgan bo‘lajak yetuk olimalar, ustozlar va jamiyatimizning progressiv kuchidirsiz.

Har biringizning o‘z orzuingiz, ezgu maqsadingiz va dunyoga aytadigan o‘z so‘zingiz bor. Hech qachon o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmang: zamonaviy bilim va tafakkurni milliy qadriyatlarimiz hamda ma’naviy kamolot bilan uyg‘unlashtirib, yuksak marralarni zabt etishdan charchamang. Sizning yutug‘ingiz — universitetimiz faxri, baxtingiz esa qalbimiz quvonchidir.

Qalbingizdan mehr, chehrangizdan tabassum, hayotingizdan baxt va omad arimasin! Ota-onangiz duosini olib, ustozlaringiz ishonchini oqlab, Vatanimizga naf keltiradigan barkamol insonlar bo‘lib kamol toping. Orzularingiz qanot yozsin, sharqshunoslik va ilm yo‘lingiz hamisha nurga to‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Cheksiz mehr, samimiy ehtirom va ezgu tilaklar bilan,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Nasirova Saodat Abdullayevna

✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐Youtube
📹Instagram|🌐Twitter |🗄 tsuos.uz
Post #25918 3.04K
😄TDSHU rektori talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi

2026-yil 10-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor S. Nasirova, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda mas’ul xodimlar bilan birgalikda Talabalar turar joyida va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari, ijara xonalarining holati, sanitariya-gigiyena talablari hamda mavsumga tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning kundalik hayoti, mavjud muammolari va takliflari tinglandi.


🟢Talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda zarur ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Shuningdek, talabalarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda kuz-qish mavsumida ehtiyot choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐Youtube
📹Instagram|🌐Twitter |🗄 tsuos.uz
Post #25906 3.3K
😄TDSHUda “Sport — salomatlik garovi” musobaqalari o‘tkazildi

Joriy yilning 10-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi, “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” hamda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayramlariga bag‘ishlangan “Sport — salomatlik garovi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” bosh ezgu g‘oyasi ostida universitet professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida tashkil etildi.

🗣Batafsil
🗣Подробнее
🗣Read more

✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐Youtube
📹Instagram|🌐Twitter |🗄 tsuos.uz
Older posts →

About this channel

How can I read @tsuos without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for TDSHU • ТГУВ • TSUOS: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does TDSHU • ТГУВ • TSUOS have?
TDSHU • ТГУВ • TSUOS (@tsuos) has 10.4K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does TDSHU • ТГУВ • TSUOS know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →