😄TDSHUning aziz va qadrli talaba qizlari!
Sizlarni BMT tomonidan ta’sis etilgan qutlug‘ ayyom — 11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Universitetimizning boy sharqshunoslik an’analari va ilmiy maktabida ayol-qizlarimiz har doim yetakchi va muhim o‘rin tutib kelganlar. Bugungi kunda ham sizlar nafaqat talaba, balki fan va ta’lim, madaniyatlararo muloqot hamda xalq diplomatiyasini rivojlantirishda, xalqaro tanlovlar va grantlarda yuksak natijalarni namoyon etayotgan bo‘lajak yetuk olimalar, ustozlar va jamiyatimizning progressiv kuchidirsiz.
Har biringizning o‘z orzuingiz, ezgu maqsadingiz va dunyoga aytadigan o‘z so‘zingiz bor. Hech qachon o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yo‘qotmang: zamonaviy bilim va tafakkurni milliy qadriyatlarimiz hamda ma’naviy kamolot bilan uyg‘unlashtirib, yuksak marralarni zabt etishdan charchamang. Sizning yutug‘ingiz — universitetimiz faxri, baxtingiz esa qalbimiz quvonchidir.
Qalbingizdan mehr, chehrangizdan tabassum, hayotingizdan baxt va omad arimasin! Ota-onangiz duosini olib, ustozlaringiz ishonchini oqlab, Vatanimizga naf keltiradigan barkamol insonlar bo‘lib kamol toping. Orzularingiz qanot yozsin, sharqshunoslik va ilm yo‘lingiz hamisha nurga to‘lsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Cheksiz mehr, samimiy ehtirom va ezgu tilaklar bilan,
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Nasirova Saodat Abdullayevna
✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS
🌐Telegram |🌐Facebook |🌐Youtube
📹Instagram|🌐Twitter |🗄 tsuos.uz
Post #25928
3.44K
