TGViewer
TDSHU • ТГУВ • TSUOS TDSHU • ТГУВ • TSUOS @tsuos · 10.4K subscribers
Post #25918 3.01K
😄TDSHU rektori talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi

2026-yil 10-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor S. Nasirova, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda mas’ul xodimlar bilan birgalikda Talabalar turar joyida va ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoitlari, ijara xonalarining holati, sanitariya-gigiyena talablari hamda mavsumga tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning kundalik hayoti, mavjud muammolari va takliflari tinglandi.


🟢Talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda zarur ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Shuningdek, talabalarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda kuz-qish mavsumida ehtiyot choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press service of TSUOS

🌐Telegram |🌐Facebook |🌐Youtube
📹Instagram|🌐Twitter |🗄 tsuos.uz
More from @tsuos
  1. Oct 11, 2026Sizni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida o'tkaziladigan “HOFIZ SHEROZIYNI YOD E…
  2. Oct 11, 2026😄TDSHUning aziz va qadrli talaba qizlari! Sizlarni BMT tomonidan ta’sis etilgan qutlug‘ a…
  3. Oct 10, 2026😄TDSHUda “Sport — salomatlik garovi” musobaqalari o‘tkazildi ✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс…
  4. Oct 10, 2026😄TDSHUda “Sport — salomatlik garovi” musobaqalari o‘tkazildi Joriy yilning 10-oktabr kuni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →