Suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirish - ustuvor vazifa!
🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 7 ta milliy dasturning 4-yo‘nalishi suv resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan.
- Kelgusi 5 yilda ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar qamrovini 100 foizga yetkazish belgilangan.
- Shuningdek, 3 yillik dastur doirasida suv tejovchi texnologiyalar qamrovi 2,16 million gektarga yetkazilib, yiliga 2,5 milliard kub metr suvni tejash ko‘zda tutilmoqda.
- “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ham ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi. Maktab, bog‘cha, shifoxona va ko‘p qavatli uylar atrofidagi yashil hududlar muhofaza qilinadi.
- Tuman va shahar markazlarida ko‘kalamzorlashtirish ulushi 30 foizga yetkaziladi.
🌿Bu - tabiatni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va kelajak avlod uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan muhim qadamdir.
Menejment fakulteti
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram