5-milliy dastur: Qonun ustuvorligi va sud mustaqilligi — adolatli jamiyat asosi!
🇺🇿Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5-milliy dastur mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimi mustaqilligini mustahkamlash hamda inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan.
▶️Ushbu yo‘nalish doirasida jinoyatchilik, korrupsiya va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, xotin-qizlar hamda bolalar huquqlarini himoya qilish muhim vazifalar sifatida belgilanadi.
🟠Qonunga hurmat va unga rioya qilish, avvalo, har birimizning kundalik hayotimizdan, oilamiz va mahallamizdan boshlanishi lozim. Chunki huquqiy madaniyat yuksak bo‘lgan jamiyatdagina adolat, qonuniylik va barqaror taraqqiyot qaror topadi.
🔥 Zero, adolat bor joyda taraqqiyot, qonun ustuvor bo‘lgan yurtda esa inson qadri ulug‘ bo‘ladi.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram