⚠️ YOSHLAR ORASIDA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISH❗️
✅ Joriy yilning 8-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Menejment fakulteti talabalari ishtirokida “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarining tarqalishiga qarshi kurashish” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
🤝 Tadbir davomida Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va talaba-yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘limi tyutorlari M.Maxkamova, G.Raximova, X.Yunusov, A.Bekmirzayev, N.Igamberdiyeva, G.Abdumanonova hamda universitet inspektori podpolkovnik T.Nishanova ishtirokida yoshlar bilan ochiq va mazmunli suhbat o‘tkazildi.
🗣 Shuningdek, Chilonzor tumanida “Yoshlar haftaligi” munosabati bilan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari
📱Telegram 📱Instagram




