☄️ Menejment fakulteti Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar ilmiy-maktabi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, iqtisodiy tafakkur va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida yangi kitobxonlik tanlovini boshlaydi!
📖 Birinchi kitobimiz:
Teodor Drayzer — “Sarmoyador”
🎯 Sizning missiyangiz: 3 hafta davomida asarni o‘qib tugatish va yakuniy ochiq muhokamada o‘z fikrlaringiz, tahlillaringiz va xulosalaringiz bilan ishtirok etish.
Muhokamada asarni shunchaki qayta hikoya qilmaymiz. Biz kapital, boylik, biznes, moliyaviy qarorlar, tavakkalchilik va manfaatlar haqida bahslashamiz hamda asardagi voqealarni zamonaviy iqtisodiyot bilan bog‘lashga harakat qilamiz.
🗓 Katta muhokama: 6-noyabr, 2026-yil
🧠 O‘qing. Tahlil qiling. Savol bering. O‘z fikringizni himoya qiling.
📌 Menejment fakultetining rasmiy sahifalari
📱Telegram 📱Instagram
