Umumiy sovrin jamg‘armasi 84 000 000 so‘m bo‘lgan sport dasturlash musobaqasi e’lon qilindi!
«Electronic Autonomous Solutions» AJ hamkorligida ilmiy-amaliy forum doirasida dasturlash musobaqasi tashkil etiladi.
🏆 Sovrinlar
🥇 1-o‘rin — 25 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m
🏅 4–20-o‘rinlar — har biriga 2 000 000 so‘mdan
📅 Musobaqa bosqichlari
🔹 Saralash bosqichi — Online
3-oktabr kuni RoboContest.uz platformasida online formatda o‘tkaziladi.
Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan 20 nafar ishtirokchi final bosqichida ishtirok etish uchun taklif etiladi.
🔹 Final bosqichi — Offline
10-oktabr kuni Toshkent shahridagi INHA Universityda offline formatda o‘tkaziladi.
Final bosqichiga saralash natijalariga ko‘ra TOP-20 ishtirokchi taklif etiladi.
⚠️ Final bosqichida ishtirok etish uchun ishtirokchi 20–30 yosh oralig‘ida bo‘lishi va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan offline finalda shaxsan qatnasha olishi kerak.
📝 Ro‘yxatdan o‘tish
Musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi ikki bosqichni bajarish shart:
1. Ushbu RoboContest contestiga ro‘yxatdan o‘tish.
2. Tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan Google Formani to‘ldirish:
🔗 https://forms.gle/HWgtEADqCtYjhrgx8
💻 Musobaqa formati
ACM ICPC formatida;
Yakka ishtirokchi;
Sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish taqiqlanadi;
Tashqi internet resurslaridan foydalanish taqiqlanadi.
Telegram guruhga qo'shiling.
Post #11770
1.81K
