TGViewer
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati hokimligi @toshvilpressa · 15.3K subscribers
Post #66578 2.23K

Forwarded from Rasmiy axborot

⚡️Kuz-qish mavsumidagi kommunal muammolar bo‘yicha murojaat kanallari ishga tushirildi

▶️ Aholi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq kamchiliklar haqida @Kommunalmurojaat_bot boti hamda vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayevaning rasmiy Telegram kanali izohlar (kommentariylar) bo‘limi orqali murojaat qilishi mumkin.

Kelib tushgan murojaatlar vazirlikning ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.


💬 OAV uchun Kontent tayyorlash markazida o‘tkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov mamlakatimizda kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

🔷Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: 6 686 ta ko‘p kvartirali uy ta’mirlandi, 18 ming tonnadan ortiq zaxira yoqilg‘isi jamg‘arildi.

🔷Bugungi kunga qadar 188 kilometrga yaqin ichimlik suvi tarmog‘i va 616 ta nasos uskunasi mukammal ta’mirlandi. Shuningdek, 3 128 kilometr suv tarmog‘i hamda 1 038 ta nasos uskunasi joriy ta’mirdan chiqarildi.

🔷Issiqlik ta’minoti tizimida 36 ta qozon, 16,5 kilometr issiqlik tarmog‘i va 89 ta yordamchi uskuna mukammal ta’mirlandi. Avariya holatlarini tezkor bartaraf etish uchun 105 ta avariya-tiklash brigadasi shakllantirilib, 116 ta maxsus texnika tayyor holatga keltirildi. Shuningdek, 18 ming tonnadan ortiq zaxira yoqilg‘isi jamg‘arildi.

🔷Ko‘p kvartirali uy-joy fondini mavsumga tayyorlash doirasida rejadagi 6 686 ta uyda ta’mirlash ishlari yakunlandi. Buning uchun boshqaruv organlari tomonidan 243,7 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Jumladan, 1 145 ta tom, 6 692 ta podyezd, 850 ta yerto‘la, 438 ta uyning ichki muhandislik quvurlari va 724 ta fasad ta’mirlandi.

🔷Bundan tashqari, 29 mingga yaqin xonadonni qamrab olgan 587 ta ko‘p kvartirali uyda ichki issiqlik tizimlari o‘rnatildi. 675 ta uyning 609 ming kvadrat metr fasad qismi energiya tejamkor materiallar bilan qoplandi.

🔷Aholi murojaatlarini tezkor qabul qilish va muammolarni hal etish uchun tegishli tashkilotlarda 24/7 rejimida ishlovchi dispetcherlik xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. «Kommunal ta’minot markazi» tomonidan 740 nafar «Mening uyim» billing tizimi operatori va 262 nafar dispetcherlik xizmati xodimining malakasi oshirilib, ularga sertifikatlar topshirildi.


https://t.me/Rasmiy_axborot_official
More from @toshvilpressa
  1. Oct 15, 2026#islohot Yangi O‘zbekistonning paxta yetishtirishdagi yangi tajribalari Toshkent viloyati…
  2. Oct 15, 2026#shukuh Mehnati bilan elga fayz, mehri bilan olamga nur ulashgan ayollar 15-oktabr — Xalqa…
  3. Oct 15, 2026Aholiga murojaat! Toshkent viloyati prokurori A.E.Mirzayevning jinoyatchilikni barvaqt old…
  4. Oct 15, 2026#imkoniyat Toshkent viloyati Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida “Kasblar shaharchasi” faoli…
  5. Oct 15, 2026#sana Mehnati bilan elga fayz, mehri bilan olamga nur ulashgan ayollar 15-oktabr — Xalqaro…
  6. Oct 15, 2026#taqdimot Ona tilimizning ilmiy va adabiy xazinasi kengaymoqda Toshkent viloyati Pedagogik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →