TGViewer
Toshkent viloyati hokimligi Toshkent viloyati hokimligi @toshvilpressa · 15.3K subscribers
Post #66579 1.67K
#taqdimot

Ona tilimizning ilmiy va adabiy xazinasi kengaymoqda


Toshkent viloyati Pedagogik mahorat markazida o‘zbek tilining boyligini, tarixiy taraqqiyotini va adabiy merosini o‘rganishga xizmat qiluvchi uchta muhim nashr – to‘rt jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “O‘zbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi” hamda “O‘zbek tili omonimlari lug‘ati” kitoblarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O'zbekiston Xalq shoiri Mahmud Toir, O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo'limi boshlig'i Rahmatilla Sheraliyev, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon
Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, viloyat hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahnoza Xo‘jayeva, soha vakillari, olimlar, ijodkorlar va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazishdagi o‘rni haqida fikrlar bildirildi. Shuningdek, davlat tilining nufuzini oshirish, adabiy til me’yorlariga rioya qilish va ona tiliga hurmatni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Taqdimot davomida kitoblarda o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va imlo qoidalarining takomillashuvi, tilimizning lug‘aviy boyligi hamda buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodiy merosini chuqur o‘rganish masalalari yoritildi. Mazkur nashrlarning ilmiy izlanishlar, ta’lim jarayoni va milliy ma’naviy merosni keng targ‘ib etishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbir doirasida tilni asrash, uning nufuzini oshirish va ona tiliga ehtiromni yuksaltirishga qaratilgan videoroliklar namoyish etildi. Ishtirokchilar yangi nashrlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirib, savol-javoblarda qatnashdi.


Bunday ma’rifiy tadbirlar o‘zbek tilining ilmiy asoslarini chuqur o‘rganish, milliy adabiy merosni keng targ‘ib etish hamda davlat tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
More from @toshvilpressa
  1. Oct 15, 2026⚡️Kuz-qish mavsumidagi kommunal muammolar bo‘yicha murojaat kanallari ishga tushirildi ▶️…
  2. Oct 14, 2026#seminar Mahallalarda samaradorlikni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlari tashkil etilm…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →