TGViewer
Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali @toshkentfvbb · 3.46K subscribers
Post #19491 558
UCHTEPA TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Uchtepa tumanida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Tezkor va safarbarlik boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik R. Tumanov hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, mayor N. Yangazovlar boshchiligida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda mas’ul xizmatlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi namoyish etildi.

Mashqlar davomida maxsus texnika va asbob-uskunalarning shayligi, moddiy-texnik zaxiralar holati hamda tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorligi ko‘zdan kechirildi.

Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob qaytarish va kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Uchtepa tumani
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🌍 Web-site 📱 telegram 📱 facebook 📸 instagram 📹 youtube
  • ❤ 1
  • 👍 1
  • 🤔 1
More from @toshkentfvbb
  1. Oct 10, 2026🔰INSON HAYOTI UCHUN OLOVGA OTLANADIGANLAR 👇 Obuna bo‘lishni unutmang 📱 @ToshkentFVBB 📱…
  2. Oct 10, 2026🐕‍🦺 Nega FVV kinologiya xizmati alohida e’tirofga loyiq? Favqulodda vaziyatlarda vayrona…
  3. Oct 9, 20265-Qism "Yong'in" — Hujjatli Film 2020-yilda suratga olingan ushbu hujjatli film FVV tizimi…
  4. Oct 9, 2026UCHTEPA TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI KO‘ZDAN KECHIRILDI Uchtepa tumanid…
  5. Oct 9, 2026🚒 TOSHKENT SHAHRINING 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILD…
  6. Oct 9, 2026🛵 Qish mavsumiga tayyorgarlik: maxsus texnikalar ko‘rikdan o‘tkazildi Qishki mavsumga tay…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →