🚨 HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — E’TIBOR MARKAZIDA
Joriy yilning 8-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi FVV O‘ta muhim, toifalangan va alohida obyektlarda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi hamkorligida “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir “Yo‘l qoidalariga rioya qilish — xavfsizlik kafolatidir” hamda “Giyohvandlik — umr zavoli!” mavzulariga bag‘ishlandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, Toshkent shahar FVBBning obyektlardagi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibiga muhim tushunchalar berildi.
📌 Tadbir davomida:
— yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘l qoidalariga qat’iy rioya etish;
— yo‘l-transport hodisalarining oldini olish;
— giyohvandlik va psixotrop moddalar noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;
— mazkur illatlarning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri;
— xodimlarning fuqarolik va huquqiy mas’uliyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
⚠️ Unutmang: yo‘l qoidalariga rioya qilish — hayot xavfsizligining muhim kafolati. Giyohvandlik esa nafaqat inson salomatligi, balki uning kelajagi va jamiyat taraqqiyotiga tahdid soluvchi illatdir.
Post #19426
732