TGViewer
Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali Toshkent shahar FVBB | Rasmiy kanali @toshkentfvbb · 3.47K subscribers
Post #19413 446
🚒 TOSHKENT SHAHRIDA TUNGI AMALIY-TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILDI

Bugun tunda Toshkent shahrining barcha tumanlarida joylashgan barcha yirik bozorlarda tungi yong‘in o‘chirish amaliy-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

🔥 Mashg‘ulot davomida shartli yong‘in sodir bo‘lganda uni tezkor aniqlash, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining voqea joyiga yetib kelishi, kuch va vositalarni to‘g‘ri yo‘naltirish hamda yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.

🚒 Shuningdek, maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalaridan foydalanish, xodimlarning o‘zaro hamkorligi va favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlanish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

📌 Mazkur mashg‘ulotlar poytaxt hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni yanada oshirish, yong‘inlarni tezkor bartaraf etish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
  • ❤ 2
  • 👍 2
More from @toshkentfvbb
  1. Oct 8, 2026⚠️ Is gazidan ehtiyot bo‘ling 👇 Obuna bo‘lishni unutmang 📱 @ToshkentFVBB 📱 Instagram
  2. Oct 7, 2026DIQQAT, E’LON!❗️ Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Joriy yilning 7-oktyabr kuni…
  3. Oct 7, 2026🔰 Uchtepa tumanida yuk avtomobilida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha ma’lumot. Bugun, 7-okt…
  4. Oct 7, 2026Toshkent shahar FVBB tomonidan, “VOLONTYOR-QUTQARUVCHI” ko‘ngilli klublari o‘rtasidagi mus…
  5. Oct 7, 2026#teletahlil ✅✅✅✅✅│Teletahlil │6- Oktyabr 📝Facebook │ 📱Instagram │ 📝Telegram │ 🎬Youtube
  6. Oct 7, 20263-Qism "Yong'in" — Hujjatli Film 2020-yilda suratga olingan ushbu hujjatli film FVV tizimi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →