#YOSHLAR_OYLIGI
📂 ISHSIZ YOSHLAR DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
🗣 Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat komissiyasining bayoniga muvofiq, Termiz davlat pedagogika instituti rektoriga biriktirilgan Termiz tumani “Soliobod” mahallasida yashovchi 48 nafar ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🗂Mazkur yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashish maqsadida institut rektori tashabbusi bilan mas’ullar tomonidan uch turdagi asbob-uskunalar topshirildi.
Ushbu amaliy yordam yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi, o‘z mehnati orqali daromad topishi va kelajakda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.
👥Termiz davlat pedagogika instituti tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
✍️ TerDPI matbuot xizmati
✅ Facebook 🌐 Veb sayt 📹 Youtube 🌐 Instagram ✅ Telegram
Post #38963
1.08K










- 🔥 4
- ❤ 1
- ⚡ 1
- 👏 1
- 🤩 1