TGViewer
TerDPI rasmiy telegram sahifasi TerDPI rasmiy telegram sahifasi @terdpi · 8.89K subscribers
Post #38952 1.05K
📢 Termiz davlat pedagogika instituti rektori xalqaro “SAT/AP Day – Uzbekistan” konferensiyasida ishtirok etmoqda

📍Joriy yilning 12-oktabr kuni Toshkent shahrida AQSHning College Board xalqaro tashkiloti tomonidan SAT, PSAT va AP xalqaro imtihonlariga bag‘ishlangan “SAT/AP Day – Uzbekistan” konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

🌐 Nufuzli xalqaro tadbirda maxsus taklif etilgan rahbarlar qatorida Termiz davlat pedagogika instituti rektori Azizbek Xasanov Baxtiyarovich ham ishtirok etmoqda.

🗣Konferensiyaning asosiy maqsadi xalqaro imtihonlar orqali O‘zbekiston yoshlari uchun ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, ularni xorijiy oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari bilan tanishtirish hamda xalqaro ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.

👥Tadbirda AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonathan Henick, College Board tashkiloti vitse-prezidenti Rushi Sheth, tashkilotning Hindiston va Markaziy Osiyo bo‘yicha rahbari Meenakshi Kachroo Chatta, shuningdek, Princeton University, Massachusetts Institute of Technology (MIT), Durham University va Toronto universiteti vakillari ishtirok etmoqda.

ℹ️Ma’lumot uchun: Bugungi kunda College Board xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda Termiz davlat pedagogika institutida ham SAT imtihonlari muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan.

✍️  TerDPI matbuot xizmati

✅ Facebook 🌐 Veb sayt  📹 Youtube 🌐 Instagram   ✅ Telegram
  • ❤ 5
  • 👍 2
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
  • 🎉 1
  • 🏆 1
More from @terdpi
  1. Oct 12, 2026📢📢📢📢📢 🗣Termiz davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyat…
  2. Oct 12, 2026🇺🇿🇷🇺Termiz davlat pedagogika instituti talabasi xalqaro forumda ishtirok etdi! 🔔Joriy…
  3. Oct 12, 2026🇺🇿Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun nomzodlarni saralash jarayoni davom etmoqda Yur…
  4. Oct 12, 2026❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Prezident Ya…
  5. Oct 12, 2026📣📣📣📣📣 📚 “G‘oyadan maqolaga: muvaffaqiyatli ilmiy matn sari yo‘l” nomli taqdimot-semi…
  6. Oct 12, 2026🇩🇪 „Deutsch lernen, Deutschland entdecken“ „Nemis tilini o‘rganish, Germaniyani kashf et…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →