Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyatining mustahkam poydevori
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatida tutgan o‘rni” mavzusida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Majitov, “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi direktori K.Islomov, talaba-yoshlar hamda mas’ullar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan boy ma’naviy merosni o‘rganish, yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
So‘zga chiqqanlar milliy urf-odat va an’analar, odob-axloq me’yorlari hamda ma’naviy merosning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdi. Shuningdek, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish muhimligi ta’kidlandi.
📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati
🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube
Post #35591
1.54K










- 👏 6
- ❤ 5
- ⚡ 3