Sport — sog‘lom hayot va giyohvandlikka qarshi kurash tarafdori!
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Mexanika va konchilik ishi fakultetida “Besh muhim tashabbus” doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalar doirasida yigitlar o‘rtasida futbol, qizlar o‘rtasida esa voleybol va stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jamoaviylik va do‘stlik muhitini mustahkamlash, shuningdek, “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” g‘oyasini keng targ‘ib qilishdan iborat.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda talabalar o‘zlarining chaqqonligi, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
Sog‘lom hayot tarzini tanlaymiz, sport bilan birgamiz va giyohvandlikka qarshimiz!
📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati
🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube
Post #35578
1.21K










- 👍 6
- ❤ 3
- 🔥 2
- 👏 2