TGViewer
TDMAU | Rasmiy TDMAU | Rasmiy @terdmau · 12.8K subscribers
Post #35233 1.75K
Korrupsiyaga qarshi murosasiz pozitsiya — taraqqiyot garovi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining Mexanika va konchilik ishi fakultetida korrupsiyaning oldini olish va yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

“Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusidagi tadbirda korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish mexanizmlari hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda universitet “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ullari fakultet rahbariyati hamda tyutorlar ishtirok etdi. Muloqot davomida halollik, adolat, qonun ustuvorligi va shaffoflik kabi tamoyillarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Zero, korrupsiyaga qarshi kurashish — nafaqat muayyan tashkilot yoki tizimning, balki har birimizning umumiy mas’uliyatimizdir.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
  • ❤ 8
  • 👍 8
  • ⚡ 2
  • 🕊 1
More from @terdmau
  1. Oct 14, 2026Magistraturaga qabul bo‘yicha muhim ma’lumot! Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiya…
  2. Oct 14, 2026TDMAUga xitoy delegatsiyasi tashrif buyurdi 🇨🇳 Tog‘-kon sanoati va turizm sohalarida ham…
  3. Oct 14, 2026Milliy qadriyatlar va betakror ta’mlar bayrami, TDMAUning festivaldagi ishtiroki Surxon vo…
  4. Oct 14, 2026Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyatining mustahkam poydevori Termiz davlat muhandislik…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →