TGViewer
TDMAU | Rasmiy TDMAU | Rasmiy @terdmau · 12.8K subscribers
Post #35606 839
TDMAUga xitoy delegatsiyasi tashrif buyurdi

🇨🇳 Tog‘-kon sanoati va turizm sohalarida hamkorlik istiqbollari

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning “Anhui Jinjiu Mining Group” kompaniyasi bosh direktori Szyuy Yunfen boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda tog‘-kon sanoati va turizm sohalarida investitsiyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida ham bo‘lishdi.

Mehmonlar universitetda tashkil etilgan Surxon geologiyasi muzeyi faoliyati bilan tanishib, mutaxassisdan Surxon vohasining geologik tuzilishi, tabiiy resurslari va mineral boyliklari haqida batafsil ma’lumot oldilar.

Mazkur tashrif hududning geologik salohiyatini namoyish etish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini o‘rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
  • 🔥 5
  • ❤ 3
  • ⚡ 2
More from @terdmau
  1. Oct 14, 2026Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish — xavfsiz kelajak sari muhim qadam TDMAUda xalqaro kun…
  2. Oct 14, 2026Magistraturaga qabul bo‘yicha muhim ma’lumot! Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiya…
  3. Oct 14, 2026Milliy qadriyatlar va betakror ta’mlar bayrami, TDMAUning festivaldagi ishtiroki Surxon vo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →