TGViewer
Teacher Azam Teacher Azam @teacherazam · 41K subscribers
Post #3748 5.99K
Vabo tarqalmoqda(mi?)

Rossiya Sibirdagi ikkinchi vabo holati haqidagi xabarlarni rad etdi, lekin AQSh, Yevropa va JSST Moskvani bu masalada ochiq va shaffof bo‘lishga chaqirmoqda.

Gap Irkutskdagi vaboga qarshi ilmiy-tadqiqot institutida ishlagan 28 yoshli xodimaning o‘limi ortidan paydo bo‘lgan xavotirlar haqida ketmoqda. Ayol noma’lum sababli pnevmoniyadan vafot etgan, biroq Rossiya rasmiylari uning vabodan vafot etganini tasdiqlamagan. JSST ikkinchi xodimda ham kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya kuzatilgani haqidagi xabarlarni tekshirish uchun, Moskva sog‘liqni saqlash vazirligiga bir nechta so‘rovlar yuborgan. Kremlin matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa: “Ommaviy axborot vositalarining ushbu vaziyat yuzasidan tarqatayotgan xabarlarining aksariyati yolg‘on ma’lumotdir”, deya xabar bergan va faqat rasmiy ma’lumot chiqaruvchi Rospotrebnadzor’ga ishonishga chaqirgan.


AQSh Prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni jurnalistlarning infeksiya biologik quroldan kelib chiqqan bo‘lishi ehtimoli haqidagi savoliga javoban: “Biz bunday deb o‘ylamaymiz”, degan. Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashganini tasdiqlagan: “Rossiya ko‘p gap gapirmayapti, lekin barchasi nazorat ostida ekanligini ta’kidlamoqda”, deb aytgan media nashrlarga.


“Biz ikkita — biri Rossiyaga tegishli — OAVdan ma’lumot oldik”, — dedi Tedros chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda va qo‘shimcha qildi: “Biz Rossiyadan bu borada munosabat bildirishni so‘radik”. “Biz kelib tushayotgan har qanday xabarni e’tiborsiz qoldira olmaymiz”, degan JSST rahbari.


Qani, endi voqealar rivojini kuzatib boramiz, nima bo‘larkin?

✅@TeacherAzam
  • 🎅 82
  • 😱 49
  • ❤ 32
  • 🔥 14
  • 😢 8
  • 👍 1
More from @teacherazam
  1. Oct 7, 2026VOHMA QMIMIZ! BU SHUNCHAKI TEORIYALAR Mana elektrik okamizani audio xabarlari. Bilaman, ku…
  2. Oct 7, 2026CNN videosi uchun havola: https://www.instagram.com/reel/DeBHx14FDul/ Videoning oʻzbek til…
  3. Oct 7, 2026Post #3745
  4. Oct 7, 2026Post #3744
  5. Oct 7, 2026“U 11-sentabr stilidagi samolyot halokatini sodir etmoqchi boʻlgan” Isroilga uchgan samoly…
  6. Oct 6, 202626-son | Hafta Tahlili Bu son ham siyosiy o‘yinlar, ijtimoiy hodisalar va dunyoda sodir bo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →