Isroilga uchgan samolyot boʻyicha yangi detallar haqida ulashaman, degan edim Hafta Tahlili 26-sonida
Aytishlaricha, ummonlik fuqaro oʻzi avvalroq boshqa samolyotni oʻgʻirlamoqchi boʻlgan, lekin unda yaqin tanishi boʻlgani uchun fikridan qaytgan. Ammo keyinchalik, baribir, bu ishni amalga oshirdi.
AQSh va Isroil manbalari xabar berishicha, samolyot kapitanini jarohatlab, uni oʻgʻirlab qochmoqchi boʻlgan flydubai ikkinchi uchuvchisi samolyotni 9/11 “stilida” Tel-avivdagi Ben Gurion (Isroildagi eng gavjum aeroport)ga yoki oʻsha atrofdagi boshqa bir minoraga borib urmoqchi boʻlgan. Isroil bosh vazirining aytishicha, jinoyatchi “Islomiy radikal mafkura” taʼsiriga tushgan.
Boshqa manbalarning taʼkidlashicha, gumonlanuvchi radikal tashkilot yoki chet hukumati yordamida emas balki harakatlarni oʻzi amalga oshirgan.
BAA Bosh prokurori buni “terror harakati” deb atagan va mamlakat ushbu jinoyatga aloqador hamma vaziyatni, butun holatni va jinoyatchi motivlarini tergov qilmoqda va xulosalarni tez orada eʼlon qiladi.
Bu orada savol tugʻiladi: qanday qilib Isroilga diplomatik aloqalari boʻlmagan davlat fuqarosi tekshiruvlardan shunday silliq oʻtib ketgan? Nimaga flydubai bu xodimni ishga olishda uni oldingi ish joyini koʻrib chiqmagan?
Chunki, bu fuqaro avval Oman Air aviakompaniyasida ishlagan. CNN gumonlanuvchini ijtimoiy tarmoqlarini oʻrganib chiqqan. (Hozirda oʻchib ketgan) Instagram sahifasidagi juda ekstremistik mazmundagi post va videolari uchun Oman Air’dan haydalgan, keyin flydubai tomonidan ishga olingan.
BAA aytishicha, Isroilga ketayotgan passajirlar roʻyxati har doim Isroilga taqdim etiladi va bu safar ham shunday boʻlgan. Isroilni mahalliy xavfsizlik xizmati Shin Bet aytishi boʻyicha, bu masalaga Transport vazirligi javobgar. Isroil transport vaziri aytishi boʻyicha, ular hech qanaqa roʻyxat qabul qilib olmagan. Isroil bosh vaziri esa Milliy xavfsizlik kengashi boshligʻiga mamlakatga kirib keladigan har bir insonni barcha xavfsizlik jihatlaridan koʻrib chiqishni buyurgan.
Avstraliyalik rasmiylar ham tergov boshlab yuborgan, chunki manbalar mahalliy nashrlarga xabar berishicha, gumonlanuvchi 2015–2017-yillarda Avstraliyada oʻqigan.
Afsuski, hali ham hech qaysi hukumat vakili toʻliq xulosa bermagan. Bir narsa aniqki, Isroilda saylovlar yaqin.
Siz qanday fikrdasiz? Izohlarda yozib qoldiring!
✅@TeacherAzam