TGViewer
Channel ✦ Verified Channel
Teacher Azam

Teacher Azam

@teacherazam

TEACHER AZAM (Qahramoniy)

👨🏼‍💻 Oʻzimizning chat guruhimiz bor, baʼzi-baʼzida men ham yozib turaman
👉t.me/Teacherazamchat

🚩Instagram:
👉instagram.com/teacherazam

☎️ Englify online maktabim:
+998781136969
☎️ Reklama va taklif uchun:
👉+998 97 831 11 11
Subscribers
40.2K
Photos
1.4K
Videos
750
Links
1.2K
Recent Posts 15 shown
Post #3738 4.34K
Sen shohida yursang, men bargida yuraman...

Ilon Mask dot.com domenini sotib oldi. Bu aynan OpenAI’ning yangi SI agentlari — “Dots” taqdim etilishidan biroz avval sodir bo‘ldi. Endi agar odamlar internetda dot.com deb yozadigan bo‘lsa, qidiruv natijalari ularni darhol xAI’ning Grok dasturini yuklab olish sahifasiga yo‘naltirmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, dot.com domeni 28-iyulda sotib olingan; bu degani Ilon Maskning OpenAI’da hali ham insayderlari, ichki odamlari mavjud. Agar u ushbu taqdimot haqida bilmaganida, bunaqa qilmagan bo‘lardi.

Ekspertlar aytishicha, dot.com’ning Grok’ka yo‘naltirilishi yangi “Dots” SI agentlari uchun keladigan trafikka 15% dan 30% gacha ta’sir qiladi. Bu esa oldin Grokni bilmagan odamlarga ham Grok yetib borishi mumkin degani.

Men uchun bu — trolling. Ilon Mask sobiq kompaniyasiga Shunaqa ishlar qilishni yaxshi ko‘radi. Siz nima fikrdasiz? Izohlarda yozamiz.


✅@TeacherAzam
  • 😁 100
  • ❤ 37
  • 🔥 15
  • 👍 6
  • 🤣 4
  • 😱 3
  • 😢 2
Post #3737 7.4K
Biz rasmiy ravishda “AI”ni “SI”ga oʻzgartirdik.

Trampning xurmacha qiliqlari davom etmoqda. Xabar berishlaricha, endi AQShdagi barcha davlat tashkilot va korxonalarida AI (artificial intelligence) emas, balki SI (super intelligence) qisqartmasi ishlatilishni boshlaydi.

“Sun’iy” (artificial) soʻzi intellektning “qalbaki” (fake) ekanligini bildiradi, lekin u qalbaki emas, shuning uchun ham biz endi uni “super” deb ataymiz, ya’ni SI (super intelligence), — degan Tramp BMTdagi nutqida.

Oʻzbek tilida esa avvaldanoq SI edi. Sunʼiy boʻladimi, super boʻladimi, bizga farqi yoʻq — SI.

✅@TeacherAzam
  • 🤣 607
  • ❤ 34
  • 👍 18
  • 😁 9
  • 🎅 6
  • 🔥 3
  • 👏 2
Post #3735 7.82K
Professional video montajyor izlamoqdamiz!

Agar siz:
— Oʻzingizning kreativligingizdan boricha foydalanmoqchi boʻlsangiz;
— Adobe Premiere Pro, After Effects kabi dasturlarda ishlay olsangiz, unda bu ish aynan siz uchun.

Agar bu sizga qiziq boʻlsa, ushbu havola orqali ariza qoldiring va siz bilan tez orada bogʻlanamiz.

✅@TeacherAzam
  • ❤ 85
  • 🔥 15
  • 👍 7
  • 👏 3
  • 😁 1
  • 😱 1
  • 🤣 1
Post #3734 9.04K
🇺🇸🇨🇳Tramp va Si uchrashuvi: “Sizlarga qurol kerak emasmi?” — Tramp.

Uchrashuv ortidagi 3 ta asosiy sabab:

• Yaqin Sharq va Eron nefti: Vashington Pekinni Eron neftini sotib olishni qisqartirishga va unga ikki maqsadli texnologiyalar bermaslikka chaqirdi. Ikkala tomon ham Eron yadro quroliga ega boʻlmasligi kerak, deb hisoblaydi.

• Savdo urushini yumshatish: Tomonlar o‘zaro bojlar (tariflar) bo‘yicha sulh muddatini uzaytirishmoqchi, muddat — Noyabr. AQShga Xitoydan kerak — noyob yer metallari. Xitoyga kerak — AQSh bozori.

• Tayvan masalasi: Xitoy o‘zining suverenitet borasidagi qat’iy pozitsiyasini yana bir bor eslatib, AQShdan qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qildi. AQSh esa mintaqada mavjud status-kvo (holat)ni saqlab qolish tarafdori ekanini bildirgan va Tramp “AQSh Xitoyga ham qurol sotishi mumkin”, degan AQSh elchisi.

Xulosa: Bu sammit ikkala davlatni ham manfaatlari ustiga qurilgan. Ikki davlatga ham nimadir kerak, lekin AQShga bu narsalar koʻproq kerak. Shu sababdan ham hali birorta rahbarni Oq Uydan tashqarida kutib olmagan prezident bu safar oʻzi aeroportga yetib bordi.

Masala shu-ki, Trampga qoʻyib bersa, sotish mumkin boʻlgan hamma narsani Xitoyga sotishga harakat qiladi, misol, qurol savdosi. Tayvanni yuzi-koʻziga qaramay, qurol sotmoqchi, garchi rasmiylar “Bunday rejalar yoʻq”,
deb aytgan boʻlsayam.


☝️Siz qanday fikrdasiz? Tramp va Si nima xohlamoqda? Manga qiziq.

✅@TeacherAzam
  • ❤ 81
  • 🔥 32
  • 🤣 16
  • 👍 12
  • 😱 5
  • 🎅 4
  • 👏 1
Post #3733 8.68K
• Oʻzbekistonning global tanlovi va inson qadri: Oʻzbekiston qoʻshnilar bilan ochiqlik yoʻlini tanladi. Davlat iqtisodiy yoki harbiy jihatdan emas, balki inson haq-huquqlari qanchalik himoyalangani bilan oʻlchanadi.

• Global tashabbuslar: Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, uni amalga oshirishga qodir BMT kerakligi taʼkidlandi. Xavfsizlik kengashini ham qayta koʻrib chiqib, isloh qilish kerakligi aytib oʻtildi. Oʻzbekiston ham 2035–2036-yilgi doimiy boʻlmagan aʼzolikka oʻz nomzodini qoʻymoqchi.

• Mintaqaviy birdamlik: Markaziy Osiyodagi tarixiy chegara va suv masalalari hal etildi. Bundan tashqari, Afgʻonistonga tahdid sifatida qaramaslik va ularni oʻz muammolari bilan yolgʻiz qoldirmaslik, balki ularga tinch yashash uchun yordam va umid berilishi kerakligi taʼkidlandi.

• Soʻnggi oʻn yildagi islohotlar: aholining xarid qobiliyati 2 marta oshgani, iqtisodiyot hajmi $50 mlrd.dan $147
mlrd.ga yetgani, qasshoqlik darajasi 4% ga tushgani, maktabgacha taʼlim qamrovi 78% ga, oliy taʼlim qamrovi 45% ga yetgani, oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 75 yoshdan oshganligi keltirildi.

• Ekologiya va Orol fojiasi: 2030-yilga borib energiyaning 54%i qayta tiklanuvchi resurslardan olinishi maʼlum qilindi. Orolning qurigan tubida esa yashil hududlar barpo etishda davom etilayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, Oʻzbekiston tashabbusi bilan 2027–2036-yillar BMT tomonidan “Oʻrmonzorlashtirish va oʻrmonlarni qayta tiklash boʻyicha oʻn yillik” deb eʼlon qilingani eslatildi.

• Qonun ustuvorligi va xotin-qizlar huquqlari: Hokimiyat qonundan ustun emas. Bu borada, adolatli sud tizimi mavjudligi, bolalar mehnati va majburiy mehnatga toʻliq barham berilgani, oilaviy zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirilgani, parlament aʼzolarining 39% ini ayollar tashkil etayotgani aytildi.

• Bagʻrikenglik: Oʻzbekiston bagʻrikengligi va buning yaqqol misoli sifatida Toshkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi madaniyatlararo va dinlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qilayotgani keltirib oʻtildi.


P.S.: Bilaman, Tramp bilan Si Szinpinni nimaga uchrashgani ham qiziq)

✅@TeacherAzam
  • 🔥 68
  • ❤ 24
  • 👏 5
  • 👍 3
  • 😱 2
  • 🤣 1
Post #3732 8.5K
BMT Bosh Assemblyesining 81-sessiyasida Oʻzbekiston nomidan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva soʻzga chiqdi.

Vaqt kodlari:
• Oʻzbekistonning global tanlovi va inson qadri — 01:00
• Global tashabbuslar — 02:52
• Mintaqaviy birdamlik — 04:20
• Soʻnggi oʻn yildagi islohotlar — 05:33
• Ekologiya va Orol fojiasi — 07:08
• Qonun ustuvorligi va xotin-qizlar huquqlari — 09:26
• Bagʻrikenglik — 10:15


Nutqning qisqacha mazmuni keyingi postda👇
  • 🔥 89
  • ❤ 18
  • 😁 9
  • 🤣 4
  • 👏 2
Post #3731 8.82K
25-son | Hafta Tahlili
Yangi son, yangi xabarlar va yangi muhokamalar.

Bu safar O‘zbekiston va dunyoda kun tartibida bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy voqealarni muhokama qildik. Muhim xabarlar, bahsli mavzular va e’tibordan chetda qolmasligi kerak bo‘lgan voqealarni birga tahlil qildik.

Ko‘ramiz, gaplashamiz, o‘ylaymiz. 🎙️

👉Video uchun havola: https://youtu.be/yV2bQVR5yCQ

✅@TeacherAzam
  • ❤ 150
  • 🔥 37
  • 😱 12
  • 👍 11
  • 🎅 4
  • 😁 2
  • 😢 2
  • 👏 1
Post #3730 10.3K
Ingliz tilidagi maqollardan bilasizmi? (Part 2)

Birds of a feather flock together — Koʻr koʻrni qorongʻida topadi

The grass is always greener on the other side of the fence — Oldingdan oqqan suvning qadri yoʻq

The best fish swim near the bottom — Yaxshi ot keyin chopadi

A picture is worth a thousand words — Ming marta eshitgandan bir marta koʻrgan yaxshi

A fool and his money are soon parted — Pul topib aql topmagan

A leopard can't/doesn't change its spots — Qozonda bori choʻmichga chiqadi

Speak of the devil — Boʻrini eslasang, qulogʻi koʻrinadi

Don’t throw the baby with the bathwater — Qosh qoʻyaman, deb koʻz chiqarma

Let sleeping dogs lie — Oʻlgan ilonni boshini qoʻzgʻama

Once bitten twice shy — Ogʻzi kuygan qatiqni ham puflab ichadi


Part 1

Davomi bor…

Oʻzila bilgan maqol va idiomalarni izohlarga yozib ketamiz)

✅@TeacherAzam
  • 🤣 146
  • ❤ 59
  • 🔥 24
  • 👍 9
  • 👏 2
  • 🎅 2
Post #3729 10.1K
21-asrning 100 ta eng yaxshi teleshoulari

“New York Times” jurnali tomonidan 500 dan ortiq soha ekspertlarining bergan ovozlari asosida 21-asrning 100 ta eng yaxshi teleshou (serial)lari roʻyxati tuzib chiqildi.

Bu roʻyxatda:

1. Breaking Bad
2. The Wire
3. Mad Men
4. Succession
5. Fleabag
6. Game of Thrones
7. Veep
8. 30 Rock
9. Curb Your Enthusiasm
10. Atlanta
11. Office (US)
16. Office (UK)
29. Key and Peele
43. Peaky Blinders
53. Stranger Things
72. Squid Game
95. House

kabi filmlar joy egallagan.

Toʻliq roʻyxatni bu yerdan topishingiz mumkin.

✅@TeacherAzam
  • 👏 132
  • ❤ 49
  • 🔥 22
  • 👍 8
  • 🤣 6
  • 🎅 1
Post #3723 11.6K
Ular hamma joyda har xil

Biz yoʻldan oʻtayotganda, har kuni svetofordagi kichkina odamchani koʻramiz, lekin bu odamcha dunyoning turli burchaklarida turlicha ekanligini oʻylab koʻrganmisiz?

Bunga sabab, har bir mamlakat oʻzining qadriyatlari, anʼanalaridan kelib chiqqan holda yoki hech qanday sababsiz ushbu belgilarni tanlashga qaror qilganidir.

Yuqoridagi rasmlar 2018–2019-yili Taipeidagi installyatsiyadan olingan.

Bu kabi installyatsiyalar Maya Barkai va dunyoning turli chetlaridagi fotograflarning mehnatlari evaziga amalga oshirilgan. Bunday installyatsiyalarni koʻproq koʻrmoqchi boʻlsangiz, ushbu saytga tashrif buyurib hammasini koʻrib chiqsangiz boʻladi.


P.S.: Ichida Samarqand ham borligiga kim eʼtibor berdi?

✅@TeacherAzam
  • ❤ 154
  • 🔥 44
  • 😁 32
  • 👍 13
  • 😢 7
  • 👏 5
Post #3722 10.5K

Forwarded from #Gashtak

🎙Yangi Gashtak podcast!

Bu safargi mehmonimiz - Teacher Azam va Azam Qahramoniy taxalluslari bilan tanilgan ingliz tili o‘qituvchisi va Englify platformasi asoschisi.

Suhbat davomida:
• Tanqidiy fikrlash va raqobat
• Ta’lim va tarbiyada qat’iy intizom
• O‘zbek oilalaridagi “uyat”
• Milliy g‘oyani kim va qanday shakllantiradi?
• Ochiq tanqid, senzura va blogerlikning kelajagi
• Duolingo, subtitr bilan film ko‘rish va ingliz tilini mustaqil o‘rganish va boshqa qiziq mavzularda gashtaklashdik.

😊 To’liq suhbatni Gashtak YouTube kanalida tomosha qiling!
  • ❤ 109
  • 👍 29
  • 🔥 22
  • 😁 13
  • 👏 3
  • 🎅 2
  • 😢 1
Post #3721 9.25K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 131
  • 🤣 85
  • 🔥 38
  • 😁 24
  • 😢 7
  • 👍 5
  • 🎅 5
  • 👏 1
Post #3720 9.87K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ❤ 44
  • 🔥 18
  • 👍 12
  • 👏 1
  • 😁 1
Post #3719 10.9K
Prezidentning “noqonuniy” taqiqi bloklandi…

Aytgandim, Tramp CNN, MS NOW va Politico nashrlarini Oq Uydan ban qilgandi. Kuni kecha esa CNN AQSh prezidentining BMT Assambleyasidagi nutqini yoritish uchun kelgan payti, “Siz meni yoritmasligingiz kerak, nimaga yorityapsiz?”, deya savol bergan.

Bu orada taqiqqa uchragan va uchramagan barcha media nashrlar bir ovozdan Oq Uyni boykott qilishga ham ulgurgandi. Shu payti juda qiziq voqea sodir boʻlgan, Oq Uyda Prezident gapirayotgan paytda uni ovozini yozib olish uchun hech qaysi nashr mikrofon tutib turmagan va u goʻyoki oʻziga oʻzi gapirgan, hech kim uni eshitmagan. Kulgili, kulgili…

Kecha esa bu ban olib tashlandi. AQSh sudi ushbu taqiqni “noqonuniy” deb topdi va barcha media nashrlarni Oq Uyda yana bemalol oʻz faoliyatlarini olib borishga ruxsat berdi.

✅@TeacherAzam
  • 😁 135
  • 🤣 53
  • 🔥 17
  • ❤ 14
  • 👏 8
  • 👍 7
  • 🎅 3
  • 😱 1
Older posts →

About this channel

How can I read @teacherazam without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Teacher Azam: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Teacher Azam have?
Teacher Azam (@teacherazam) has 40.2K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Teacher Azam know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →