• Oʻzbekistonning global tanlovi va inson qadri: Oʻzbekiston qoʻshnilar bilan ochiqlik yoʻlini tanladi. Davlat iqtisodiy yoki harbiy jihatdan emas, balki inson haq-huquqlari qanchalik himoyalangani bilan oʻlchanadi.
• Global tashabbuslar: Bizga faqat qaror qabul qiladigan emas, uni amalga oshirishga qodir BMT kerakligi taʼkidlandi. Xavfsizlik kengashini ham qayta koʻrib chiqib, isloh qilish kerakligi aytib oʻtildi. Oʻzbekiston ham 2035–2036-yilgi doimiy boʻlmagan aʼzolikka oʻz nomzodini qoʻymoqchi.
• Mintaqaviy birdamlik: Markaziy Osiyodagi tarixiy chegara va suv masalalari hal etildi. Bundan tashqari, Afgʻonistonga tahdid sifatida qaramaslik va ularni oʻz muammolari bilan yolgʻiz qoldirmaslik, balki ularga tinch yashash uchun yordam va umid berilishi kerakligi taʼkidlandi.
• Soʻnggi oʻn yildagi islohotlar: aholining xarid qobiliyati 2 marta oshgani, iqtisodiyot hajmi $50 mlrd.dan $147 mlrd.ga yetgani, qasshoqlik darajasi 4% ga tushgani, maktabgacha taʼlim qamrovi 78% ga, oliy taʼlim qamrovi 45% ga yetgani, oʻrtacha umr koʻrish davomiyligi 75 yoshdan oshganligi keltirildi.
• Ekologiya va Orol fojiasi: 2030-yilga borib energiyaning 54%i qayta tiklanuvchi resurslardan olinishi maʼlum qilindi. Orolning qurigan tubida esa yashil hududlar barpo etishda davom etilayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, Oʻzbekiston tashabbusi bilan 2027–2036-yillar BMT tomonidan “Oʻrmonzorlashtirish va oʻrmonlarni qayta tiklash boʻyicha oʻn yillik” deb eʼlon qilingani eslatildi.
• Qonun ustuvorligi va xotin-qizlar huquqlari: Hokimiyat qonundan ustun emas. Bu borada, adolatli sud tizimi mavjudligi, bolalar mehnati va majburiy mehnatga toʻliq barham berilgani, oilaviy zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirilgani, parlament aʼzolarining 39% ini ayollar tashkil etayotgani aytildi.
• Bagʻrikenglik: Oʻzbekiston bagʻrikengligi va buning yaqqol misoli sifatida Toshkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi madaniyatlararo va dinlararo muloqotni mustahkamlashga xizmat qilayotgani keltirib oʻtildi.
P.S.: Bilaman, Tramp bilan Si Szinpinni nimaga uchrashgani ham qiziq)
✅@TeacherAzam