🔘 O‘rganish davomida talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari, sanitariya-gigiyena holati va xavfsizlik talablari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, talabalarga is gazidan zaharlanishning oldini olish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq xavflardan ehtiyot bo‘lish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, suvda cho‘kish bilan bog‘liq hodisalarning oldini olish, oziq-ovqatdan zaharlanishdan saqlanish, botulizm va quturish kasalliklaridan himoyalanish bo‘yicha tushuntirish va profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.
✅ Bunday tadbirlar talabalarning xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ijara xonadonlarida munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
Soliq va budjet hisobi fakulteti
🔵 Telegram | 🟥 Instagram





