🇺🇿2026-yil 14-oktabr kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” ta’lim yo‘nalishining SSST-62/19, SSST-63/19 va SSST-64/19 guruhlari talabalari uchun “Soliq va soliqqa tortish” kafedrasi professori F. Bazarov tomonidan “Biznesni soliqqa tortish” fanidan ochiq dars tashkil etildi.
✅Dars davomida aylanmadan olinadigan soliqning iqtisodiy mohiyati, soliq to‘lovchilari, soliq solish obyekti va bazasi, soliq stavkalari, shuningdek soliqni hisoblash, hisobotlarni taqdim etish va to‘lash tartibi haqida ma’lumotlar berildi.
❤️🔥Ochiq dars talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Soliq va budjet hisobi fakulteti
🔵 Telegram | 🟥 Instagram




