💠 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Soliq va budjet hisobi fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” doirasida fakultet dekani L. Zoyirov tomonidan “Odatlar hayotimizni o‘zgartiradi” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.
🔻 Mashg‘ulot davomida kundalik odatlarning inson hayoti, shaxsiy rivojlanishi va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga ta’siri haqida so‘z yuritildi. Talabalarga vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, kitob o‘qish, muntazam bilim olish, intizomli bo‘lish va o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishning ahamiyati tushuntirildi.
✅ Shuningdek, kichik ijobiy odatlarni muntazam ravishda shakllantirish orqali katta natijalarga erishish mumkinligi ta’kidlandi. Talabalarni talabalik davridan boshlab o‘z ustida ishlashga, mas’uliyatli bo‘lishga hamda kelajak uchun mustahkam poydevor yaratishga undashga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Zero, bugungi odatlarimiz — ertangi muvaffaqiyatlarimizning asosidir!
Soliq va budjet hisobi fakulteti
🔵 Telegram | 🟥 Instagram




