🇺🇿2026-yil 16–19-oktabr kunlari xalqaro hamkorlik doirasida “Turkiy dunyo ijtimoiy tadqiqotlar va innovatsiyalar forumi” simpoziumi tashkil etildi. Unda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Soliq va budjet hisobi fakulteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi ham faol ishtirok etmoqda.
✅Simpoziumda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari qatnashib, ilmiy hamkorlik, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, global o‘zgarishlar hamda yoshlar muammolari va istiqbollarini muhokama qildilar.
🇺🇿TDIU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, sotsiologiya fanlari doktori, professor Sarvar Otamuratov “Globallashuv va yoshlar muammolari: zamonaviy chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
❤️🔥Shuningdek, simpozium doirasida “Turkiy barometr – 2026” loyihasining ilmiy ahamiyati va sotsiologik tadqiqotlarda zamonaviy raqamli metodlardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Forum doirasida Samarqand va Toshkent shaharlarida ilmiy seminarlar, taqdimotlar, talabalar bilan uchrashuvlar hamda madaniy-ma’rifiy tashriflar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur xalqaro simpozium ilmiy tajriba almashish, innovatsiyalarni rivojlantirish va turkiy davlatlar o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Soliq va budjet hisobi fakulteti
🔵 Telegram | 🟥 Instagram




