💠 TDIU Soliq va budjet hisobi fakulteti Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish va talabalar bilan manzilli ishlash bo‘limi tyutorlari tomonidan fakultetda tahsil olayotgan va ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olish, ularning yashash sharoitlarini o‘rganish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔘 O‘rganish davomida talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari, sanitariya-gigiyena holati va xavfsizlik talablari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, talabalarga is gazidan zaharlanishning oldini olish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq xavflardan ehtiyot bo‘lish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, suvda cho‘kish bilan bog‘liq hodisalarning oldini olish, oziq-ovqatdan zaharlanishdan saqlanish, botulizm va quturish kasalliklaridan himoyalanish bo‘yicha tushuntirish va profilaktik targ‘ibot ishlari olib borildi.
✅ Bunday tadbirlar talabalarning xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda ijara xonadonlarida munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
Soliq va budjet hisobi fakulteti
🔵 Telegram | 🟥 Instagram
Post #8891
367







- 🔥 3
- ❤ 1