🇺🇿Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Soliq va budjet hisobi fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi tashabbusi bilan 2-talabalar turar joyida “Davlat tili — milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
❤️🔥Tadbirda universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Kamila Daniyarovna Karimova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, sotsiologiya fanlari doktori, professor Sarvar Sadullayevich Otamuratov, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq xalqlari madaniyati va merosini tadqiq etish ilmiy markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, professor Gulchehra Shavkatovna Rixsiyeva hamda kafedra professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
✅Davra suhbati davomida o‘zbek tilining milliy o‘zlikni anglashdagi o‘rni, davlat tilining nufuzini oshirish, yoshlar orasida nutq madaniyati va kitobxonlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ma’ruzachilar ona tilimizni asrab-avaylash, uning boy imkoniyatlaridan ta’lim va ilm-fan sohalarida samarali foydalanish muhimligini ta’kidladilar.
Shuningdek, ishtirokchilar davlat tilining bugungi kundagi ahamiyati, ona tilining yoshlar ma’naviy kamolotidagi o‘rni va milliy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
▶️Mazkur davra suhbati talaba-yoshlarning ona tiliga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarga ehtirom va davlat tiliga nisbatan mas’uliyat tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qildi.
Soliq va budjet hisobi fakulteti
🔵 Telegram | 🟥 Instagram







