🎥 TDIUda “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi
🗣Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi. Unda universitet rahbariyati, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
🔻Loyiha ona tilimizga hurmat va ehtiromni yuksaltirish, davlat tilining jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini mustahkamlash, yozma savodxonlik hamda til madaniyatini rivojlantirishga qaratildi. Shuningdek, o‘zbek adabiy tili me’yorlariga rioya etish, imlo va tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlash loyihaning muhim maqsadlaridan biri bo‘ldi.
Batafsil saytda
🇺🇿 TDIU Axborot xizmati
🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial









