TDIU Andijon fakultetida talabalar bilan ochiq muloqot, “Zakovat Quiz” va biznes-lanch tashkil etildi
☑️ TDIU Andijon fakultetida TDIU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar departamenti rahbari Shoxrux Baymuradov ishtirokida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
▶️Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari muhokama qilinib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi:
🟠 1-, 2- va 3-kurs talabalari uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish;
🟠 Talabalarning startap g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishda akseleratsiya markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
🟠 Dars jarayonlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish;
🟠 Andijon fakulteti talabalarini ham O‘zbekiston bo‘ylab sayohat loyihalariga jalb etish;
🟠Talabalarning sport zalidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
📌 Tashrif doirasida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini ham tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv yakunida g‘olib jamoalar quyidagicha aniqlandi:
🟠
1-o‘rin
— Shiddat jamoasi (BIA-50/24) —
2 000 000
so‘m pul mukofoti;
🟠
2-o‘rin
— Dominantus jamoasi (AI-50/24) —
1 500 000
so‘m pul mukofoti;
🟠
3-o‘rin
— Nuroniylar jamoasi (BHA-51/24) —
1 000 000
so‘m pul mukofoti;
🔥Shuningdek, fakultet koordinatorlari, “Qalqon” guruhi a’zolari va faol talabalar ishtirokida biznes-lanch tashkil etildi. Uchrashuvda talabalarning yangi loyiha va tashabbuslari hamda yoshlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram






