#MilliyQadriyatlar
TDIUda milliy qadriyatlar mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Joriy yilning 16-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” mavzusida talaba-yoshlar ishtirokida ma'naviy-ma'rfiy uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirga mehmon-ma’ruzachi sifatida Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi direktori, “Shuhrat” medali sohibi Mirzoxid Xidirov hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yakkasaroy tumani bo‘limi rahbari Ilxomjon Nazarov taklif etildi.
Uchrashuvda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarning tarixiy-madaniy meros haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularda vatanparvarlik, milliy g‘urur va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlash masalalari yoritildi.
Shuningdek, zararli illatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyish etilib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Biz bilan bitta to‘lqinda bo‘ling:
💬Telegram 📹Instagram
Post #27769
1.46K







- ❤ 1