TGViewer
Channel Public Channel
TSUE-TDIU

TSUE-TDIU

@tsueuzofficial

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining rasmiy telegram kanali | Официальный новостной канал ТГЭУ

Instagram: @tsueuzofficial
Facebook: @tsueuzofficial
Linkedin: @tsueuzofficial

Aloqa: +998 71 239 28 66
Subscribers
32K
Photos
23.3K
Videos
2.7K
Links
9.8K
Recent Posts 6 shown
Post #28787 6.53K
#Xushxabar

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti birinchi prorektori "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak belgisi bilan taqdirlandi


📌O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-martdagi 43-sonli majlis bayoni (VM 30/16-43) ijrosini ta’minlash maqsadida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi ommaviy sport musobaqalarining yangi mavsumiga rasman start berildi.

🔺Shu munosabat bilan 2026-yil 29-sentyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetining markaziy studiyasi hamda hududiy studiyalarda tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida yosh avlodning intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish hamda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun bir guruh oliy ta’lim tashkiloti vakillari yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldilar. Quvonch bilan ta’kidlash joizki, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va sportni ommalashtirishdagi fidokorona xizmatlari uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Karimova Komila Daniyarovna "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan tantanali ravishda mukofotlandi.


⏩Ushbu yuksak mukofot Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida barkamol avlodni tarbiyalash, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sport sohasiga qaratilayotgan tizimli e’tibor va amaliy sa’y-harakatlarning yorqin e’tirofidir.

Universitet jamoasi Komila Daniyarovnani ushbu sharafli mukofot bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi mas’uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
  • ❤ 12
  • 👍 3
  • 🔥 1
Post #28786 6.25K
“Kitobsiz inson g‘aflatda” — bugungi o‘quvchini o‘ylashga undaydigan asar!

Bugungi inson axborot yetishmasligidan emas, aksincha, uning haddan tashqari ko‘pligidan aziyat chekmoqda. Bir kun davomida telefon ekranidagi xabarlar, yangiliklar, ijtimoiy tarmoqlar va turli materiallar orqali yuzlab sahifaga teng axborotni qabul qilamiz. Ammo ko‘p ma’lumot olish har doim ham chuqur fikrlashni anglatmaydi.

Shu nuqtai nazardan, “Kitobsiz inson g‘aflatda” kitobi bugungi davr uchun dolzarb mavzuni ko‘taradi: axborot ko‘paygan sari inson tafakkuri ham rivojlanyaptimi?

Asarda kitobxonlik shunchaki bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish vositasi sifatida emas, balki insonning mustaqil fikrlashi, mushohada yuritishi, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotini shakllantiruvchi muhim omil sifatida talqin qilinadi.

Texnologiya kerakli ma’lumotni soniyalar ichida topib berishi mumkin. Ammo o‘qilgan fikr ustida to‘xtash, uni tahlil qilish, bahslashish, xulosa chiqarish va o‘z qarashini shakllantirish insonning o‘ziga qoladi. Kitob mutolaasining qadri ham aynan shunda.

“Kitobsiz inson g‘aflatda” o‘quvchiga tayyor xulosalarni qabul qildirishdan ko‘ra, uni o‘ziga savol berishga undaydigan kitoblardan:
Shuncha axborot ichida biz haqiqatan ham yaxshiroq fikrlayapmizmi?!


Ayniqsa, farzandlarining kelajakda ilmli, tafakkuri keng va yetuk inson bo‘lib voyaga yetishini istaydigan ota-onalar, o‘quvchi-yoshlar hamda o‘z ustida ishlash, dunyoqarashini kengaytirish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirishni istagan har bir inson uchun ushbu kitobni o‘qish zarur, deb hisoblash mumkin.

📚 “Kitobsiz inson g‘aflatda” kitobini Hilol Nashr va Qamar kitob do‘konlaridan xarid qilishingiz mumkin.
  • ❤ 12
  • 👍 5
  • 🔥 3
  • 👏 3
Post #28784 4.98K
#sahro_sadosi
#Karakalpakstan

“Sahro sadosi” IV xalqaro festivalining birinchi kuni mazmunli tadbirlarga boy bo‘ldi


Batafsil saytda

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
  • ❤ 5
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • 👏 1
Post #28783 6.21K
Umumiy sovrin jamg‘armasi 84 000 000 so‘m bo‘lgan sport dasturlash musobaqasi e’lon qilindi!
«Electronic Autonomous Solutions» AJ hamkorligida ilmiy-amaliy forum doirasida dasturlash musobaqasi tashkil etiladi.

🏆 Sovrinlar
🥇 1-o‘rin — 25 000 000 so‘m
🥈 2-o‘rin — 15 000 000 so‘m
🥉 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m

🏅 4–20-o‘rinlar — har biriga 2 000 000 so‘mdan

📅 Musobaqa bosqichlari

🔹 Saralash bosqichi — Online

3-oktabr kuni RoboContest.uz platformasida online formatda o‘tkaziladi.

Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan 20 nafar ishtirokchi final bosqichida ishtirok etish uchun taklif etiladi.

🔹 Final bosqichi — Offline

10-oktabr kuni Toshkent shahridagi INHA Universityda offline formatda o‘tkaziladi.

Final bosqichiga saralash natijalariga ko‘ra TOP-20 ishtirokchi taklif etiladi.

⚠️ Final bosqichida ishtirok etish uchun ishtirokchi 20–30 yosh oralig‘ida bo‘lishi va Toshkent shahrida o‘tkaziladigan offline finalda shaxsan qatnasha olishi kerak.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish

Musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi ikki bosqichni bajarish shart:

1. Ushbu RoboContest contestiga ro‘yxatdan o‘tish.
2. Tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan Google Formani to‘ldirish:

🔗 https://forms.gle/HWgtEADqCtYjhrgx8

💻 Musobaqa formati

ACM ICPC formatida;
Yakka ishtirokchi;
Sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish taqiqlanadi;
Tashqi internet resurslaridan foydalanish taqiqlanadi.

Telegram guruhga qo'shiling.
  • ❤ 5
  • 👍 3
Post #28773 6.99K
#Bayram #Quiz

TDIUda professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida “Iqtisodiyot Quiz” intellektual bellashuvi o‘tkazildi


Batafsil saytda

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
  • ❤ 19
  • 🔥 5
  • 👍 3
  • 👏 1
Post #28763 5.81K

Forwarded from Edu.uz

Maktab va oliy ta’limdagi islohotlarning navbatdagi vazifalari ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limida yangi avlod darsliklarini joriy etish hamda oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta’limni tashkil qilish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.

Yangi darsliklarda o‘quvchilarning tanqidiy va mustaqil fikrlashi, ijodkorligi, muloqot va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2027-yilgacha 1 342 nomdagi darslik va o‘quv-metodik material tayyorlash rejalashtirilgan.

Dual ta’lim doirasida esa talabaning nazariy bilimini korxonadagi amaliyot bilan uyg‘unlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Kelgusida 185 ming nafar, ya’ni 3–4-bosqich talabalarining kamida 80 foizini dual ta’limga qamrab olish maqsad qilingan.

Shuningdek, Xiva shahrida Lyaonin pedagogika universiteti filialini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu yerda xitoy tili, xalqaro biznes, turizm boshqaruvi va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlanadi. Ta’lim o‘zbek, xitoy va ingliz tillarida olib boriladi.

Davlatimiz rahbari ta’lim sifatini oshirish, dual ta’limni hududlardagi korxonalar ehtiyoji bilan bog‘lash va yangi filialda qabul jarayonlarini puxta tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
  • ❤ 14
  • 🔥 4
  • 👍 2
Older posts →

About this channel

How can I read @tsueuzofficial without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for TSUE-TDIU: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does TSUE-TDIU have?
TSUE-TDIU (@tsueuzofficial) has 32K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does TSUE-TDIU know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →