TGViewer
TDIU•TSUE•ТГЭУ TDIU•TSUE•ТГЭУ @tsueuzofficial · 31.6K subscribers
Post #28786 9.8K
TDIU — sifatli ta’lim, ilm-fan va xalqaro imkoniyatlar maskani

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bugun 50 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy talabani birlashtirgan yirik ta’lim va ilm-fan maskanidir. Universitet tarkibidagi 15 ta fakultet, 41 ta kafedra, 19 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, 31 ta magistratura mutaxassisligi iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qilmoqda. Qariyb 2 500 nafar professor-o‘qituvchi va xodim, shuningdek, 350 mingdan ortiq adabiyotga ega Axborot-resurs markazi ta’lim va ilmiy izlanishlar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Xalqaro ta’lim — TDIUning ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Dunyoning 12 ta yetakchi oliygohi bilan yo‘lga qo‘yilgan “1+1” va “3+1” formatidagi qo‘shma ta’lim dasturlari talabalarga ikki tomonlama diplom olish imkonini beradi. O‘quv jarayonlariga 100 dan ortiq xorijiy professor-o‘qituvchi va vatandosh mutaxassis jalb etilgan, barcha ta’lim yo‘nalishlarida ingliz tilida tahsil oluvchi maxsus guruhlar faoliyat yuritmoqda. Yetti ta ta’lim yo‘nalishining xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgani hamda “Buxgalteriya hisobi” o‘quv dasturining ACCA tomonidan tan olingani ta’lim sifatini xalqaro mezonlar asosida rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

🇺🇿 TDIU Axborot xizmati

🚀Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rasmiy telegram kanali: @tsueuzofficial
  • ❤ 15
  • 👍 5
  • 👏 5
  • 🔥 3
More from @tsueuzofficial
  1. Oct 10, 2026TDIUda vazir maslahatchisi ishtirokida talaba-yoshlarning nutq madaniyati va muloqot mahor…
  2. Oct 10, 2026#Bunyodkorlik #YangiBino Rektor yangi barpo etilayotgan zamonaviy o‘quv majmuasida olib bo…
  3. Oct 10, 2026Avazadagi sammitlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning keng mintaqamiz tinch, xavfsiz, iqtis…
  4. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbe…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →