TGViewer
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi @surxonvmmtb · 23.2K subscribers
Post #49587 1.61K

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

⚡️ Har bir bolaning sifatli ta’lim olishi va qobiliyatini rivojlantirishi uchun sharoit yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning taqdimotlari bilan tanishdi. Ularda tizimdagi mavjud holat, dolzarb muammolar va ularning yechimiga doir takliflar ko‘rib chiqildi.

Muhokamada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash, umumta’lim maktablarida esa o‘qitish sifati hamda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ustozlarning jamiyatdagi maqomini yuksaltirish, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etish hamda tizim rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar sonini keskin kamaytirish masalalari muhokamaning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Bu orqali pedagoglarning asosiy e’tiborini ta’lim sifatiga, har bir bolaning bilim olishi va qobiliyatini rivojlantirishga qaratishi uchun zarur sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.

👉На русском

Bizni kuzating:

❤Telegram         🌐 Facebook
🌐Youtube           🌐Instagram
🔎Veb-sayt          😄 Linkedin
  • 🔥 2
More from @surxonvmmtb
  1. Oct 17, 2026📖 Farzand tarbiyasi — kelajak poydevori 📌 Surxondaryo viloyatining Sherobod, Sariosiyo,…
  2. Oct 17, 2026#Asosiy_fan_olimpiadasi #2_kun 📖 Asosiy olimpiada: kimyo fanidan bilimlar sinovi 📚 Asosi…
  3. Oct 17, 2026📖 Termiz maktablarida “Jadidlar izidan” tanlovi davom etmoqda 🔎 Termiz shahridagi 13-, 1…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →