📌 Surxondaryo viloyatining Sherobod, Sariosiyo, Termiz va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi umumiy o'rta ta’lim maktablarida navbatdagi “Otalar yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi.
❤️🔥 Yig‘ilishlar farzand tarbiyasida otalarning o‘rni va mas’uliyatini oshirish, oila va maktab hamkorligini mustahkamlash hamda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga ota-onalar e’tiborini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
🗣 Tadbirlar davomida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar va ta’lim sifatini oshirish borasidagi vazifalar haqida so‘z yuritildi.
📚 Shuningdek, farzandlarning darslarga muntazam qatnashishi, odob-axloqi, intizomi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda ota-onalar, ayniqsa, otalarning mas’uliyati alohida ta’kidlandi. Ta’lim-tarbiyada kutilgan natijalarga erishish uchun oila va maktab hamkorligi muhim ekani qayd etildi.
🔴 Farzand tarbiyasi — umumiy mas’uliyat. Oila va maktab hamkorligi esa barkamol avlod kamolotining mustahkam poydevoridir!
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐Instagram ▶️You tube
😉Twitter 🌐Veb-sayt









