🔎 Termiz shahridagi 13-, 16- va 18-sonli umumta’lim maktablarida “Jadidlar izidan” respublika ko‘rik-tanlovining maktab bosqichi o‘tkazildi.
♾ Ikki yosh toifasida — 6–8-sinf hamda 9–10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan bellashuvlarda ishtirokchilar jadid ma’rifatparvarlarining hayoti, ijodi va millat taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari haqidagi bilimlarini namoyish etdi.
📝 Tanlov ikki shart asosida o‘tkazilib, o‘quvchilar dastlab jadidlar hayotiga oid test savollariga javob berdi. Keyingi shartda esa tavsiya etilgan manbalar asosidagi savollar orqali ularning bilimlari, tezkor fikrlashi va notiqlik mahorati sinovdan o‘tkazildi.
⌛ Tanlov yosh avlodni jadid bobolarimizning ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan yaqindan tanishtirish, ularda milliy o‘zlikni anglash va tarixiy merosga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
🌐Telegram 🌐Facebook
🌐Instagram ▶️You tube
😉Twitter 🌐Veb-sayt









