TGViewer
Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿 Erkinjon Oqbo'tayevich Turdimov 🇺🇿 @eo_turdimov · 18.4K subscribers
Post #32172 9.8K
⚡️ Har bir bolaning sifatli ta’lim olishi va qobiliyatini rivojlantirishi uchun sharoit yaratiladi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning taqdimotlari bilan tanishdi. Ularda tizimdagi mavjud holat, dolzarb muammolar va ularning yechimiga doir takliflar ko‘rib chiqildi.

Muhokamada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash, umumta’lim maktablarida esa o‘qitish sifati hamda o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirish darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ustozlarning jamiyatdagi maqomini yuksaltirish, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etish hamda tizim rahbarlari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar sonini keskin kamaytirish masalalari muhokamaning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Bu orqali pedagoglarning asosiy e’tiborini ta’lim sifatiga, har bir bolaning bilim olishi va qobiliyatini rivojlantirishga qaratishi uchun zarur sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda.
  • 👍 42
  • 🔥 8
  • 👏 4
More from @eo_turdimov
  1. Oct 16, 2026⚡️ Создание условий для качественного образования и раскрытия способностей каждого ребенка…
  2. Oct 16, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilgʻi-energetika tarmogʻidagi islohotlarni jadallashtirish…
  3. Oct 16, 2026– Biz energetikaga iqtisodiyotning shunchaki bir tarmog‘i sifatida qaramayapmiz. Bu – o‘z…
  4. Oct 16, 2026Energetika loyihalari katta sarmoya va murakkab infratuzilmani talab qiladi. Yer ajratish,…
  5. Oct 16, 2026Yangi energiya obyektlarining samarali ishlashi malakali kadrlarga bog‘liq. Saudiya Arabis…
  6. Oct 16, 2026Mamlakatimizda 3 million 800 ming xonadon suyultirilgan gazdan foydalanadi. Ilgari davlat…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →