TGViewer
Channel Public Channel
Suhrob's Fikrlog 🚀

Suhrob's Fikrlog 🚀

@sukhrob_fikrlog

just thoughts - profession: @sukhrob_abdullaev
Subscribers
53
Photos
35
Videos
0
Links
38
Recent Posts 20 shown
Post #147 55
hech qachon past baholamang

Neeeeeeeeever, eeeeeeeever underestimate a delayed answer to your prayers. Sometimes the longest delays become the loudest testimonies. Trust Allah


ba’zida, duolar qilinadi

uni ijobi, natijasi uzoq kutiladi

Duolarni qabul qiluvchi zot, u senga qaysi vaqt va qachon so’ragan narsangni o’zi yaxshi biladi

uzoq kutilgan istak - albatta xayirli bo’ladi, mazasi shirin bo’ladi
  • âš¡ 4
Post #146 120
shovqinli joylarda - rivojlanish emas, inqiroz bo’ladi

bir joyda jamoat transportidaman, qadryati bor degan xalq - baqir chaqir, haydovchi bilan shovqin qilyapti, yana biri biri bilan kelisha olmayapti..

xullas tartib yoq - shovqin bor
  • âš¡ 3
Post #145 115
34 yillik soha

bir kun uzoq bir joyga tadbirga borgandim

masofa - uzoq, uyga qaytishga kechga qoldim soat 23:50 atrofi

taksi
MGQIZ (bu zavodda deyarli qishlog’imizni 60-70% i ishlashadi) oldiga tushirdi, uyimizda 20 kmcha masofa

piyoda sekin yurdim, tun yarim - bironta moshina yoq yo’lda(bu yerlarda aholi yashash joyidan ancha olisroda)

xayolimga kechki semina almashadigan ishchilarni uyiga yetib qo’yadigan VAXTA yodimga keldi(12:30 larda yuradi)

mana shu 40 minutda u yerdan chiqqan ishchi akalar bilan suhbat qildik - asosan zavoddagi ishlar, ularni sohasi va men ham o’z soham haqida

mana shu avtobus bilan, ishdan charchab chiqqan bir necha qishloqdosh akalar bilan uyga yetib oldim
__

mana shu vaqtda Otamni uyga qaytishlarni his qildim - 34 yil tokirlik sohasida mana shu zavodda ishladila, to’g’ri, ish jarayonlarini his qila olmasman, lekin zavod xodimlari bilan bo’lgan suhbat - ancha ishni qiyinchiligini, kuniga 10-12 soat ishlab oilasini boqish uchun harakat qilayotgan Otalarni his qildim

(Otam hozir oxirgi 3 yildan beri nafaqadala, Alhamdullilah)

ba’zan otamizni biz uchun qilgan mehnatini tushunish uchun ularning ishini bajarishimiz shart emas ekan

bir kecha, bir avtobus, ishdan charchab qaytayotgan bir necha inson bilan suhbat - menga Otamning 34 yillik mehnatiga boshqacha ko‘z bilan qarashga sabab bo‘ldi
  • âš¡ 6
Post #144 208
ustuvor vazifalar

juda ko'p holatda "top priorities" (muhim vazifalar) yozilmasa, balans buzilib qoladi

men ba'zida ishim ko'payib qolsa, to'xtab, o'zi qaysini dastlab qilish kerak va uni muhimligi qanday deb daftarimga yozaman.

insonda maqsadlar ko'p lekin hammasiga bir vaqtda yoki parellel erishish qiyin

kompaniyalardagi yondashuvni qo'llash kerak

qanday?

kompaniya - vaqt va samaradorlikni boshqarish uchun, vazifalar qo'yadi va unda ham ko'p statuslar bo'ladi (high, medium, low ..) -> hamma tasklar kerak, lekin qaysi ustuvor?

shunday ekan, kompaniyani ham potensiali bor va insonni o'zini ham

kim qancha vaqtda nimalar qila oladi - deadline, status va scope (qamrov) larni aniqlab olish kerak

shunda, balans saqlanadi, ustuvor vazifalar bajariladi va keyingi vazifalar "ustuvor" ga aylanib boraveradi
  • âš¡ 3
Post #143 185
fikrlar tarqoq

ba'zida boshlamoqchi bo'lgan ishni uzoq o'ylaydi kishi

ko'pchilikdan tavsiya yoki maslahat oladi

baribr, qaysini tanlash o'zida qoladi

shunday ekan qarorlar - o'zimizdan

tavakkul o'zimidan
  • âš¡ 4
Post #141 194
manzilga yetish

bir xil manzilga turli yo’llardan borish mumkin

turli yo’llar - turli vaqt talab qiladi

yo’l ~ vaqt

uzoq yo’l - uzoq vaqt
qisqa yo’l - qisqa vaqt

ba’zida, manzilga yetishda faqat yo’l bilan vaqt emas, boshqa paramterlar ham kerak bo’ladi

masalan: tezlanish, energiya..

hammasini jamlagan formula bormi deb o’ylaydi kishi

fanda, ilmiy asoslar bo’lsa kerak

lekin hayotda, bilmadim;
  • âš¡ 4
Post #140 187
nega fikrlog?

odatda nimadandir xulosa olsam - fikr paydo bo’ladi

va shuni log qilaman, ya’ni yozaman

fikr + log -> console.log ( chop qilindi )


yozayotganlarim - o’qiganlarim, duch kelgan holatim va qandaydir nimadandir paydo bo’ladi

yozish - hozirgi chalg’ituvchi dunyoda, te’ran fikrlashni va mulohaza qilishga yordam beradi
  • âš¡ 4
Post #139 166
Lafz.

erkak kishiga kerak bo’lgan eng katta hislatlardan biri - shu.

lafzsiz odam - o’zinigina yaxshi ko’radigan, bergan vadasining ustidan chiqmaydigan inson, asuski, nafsi yo’lida lafzini unutadiganlar oramizda ko’p.

lafz - erkakning kimligini so’zsiz tariflab beradi., katta gap, uzun tanishuv shart emas: bir marta va’da qilib, bajardimi yoki yo’qmi - shuning o’zi yetarli.

shunday ekan, lafz qilindimi - uzrli sabab bo’lmasa, o’z vaqtida bajarilishi shart.
  • âš¡ 5
Post #138 190
ulgurish yaxshi - lekin shoshilish)
  • âš¡ 1
Post #137 473
mas’uliyat olishdan qo’rqish

bu shunchaki insonni o’sishdan yoki oldinga qadam qo’yishdan to’sadi

- oila qurish: hali ertaku, bizga hali bor
- biron katta narsa olish: uy, moshina yoki boshqa qimmatroq narsa; hali bor, avval oyoqqa turib olay
- biznes boshlash: palon summa yig’masam bo’lmaydi)


shunga o’xshagan holatlarda, ildizli sabab - bu mas’uliyat ekan aslida

dasturchilar o’rtasida bir yaxshi tushuncha bor:

Junior va Senior darajalar - abstrakt narsalar, junior katta narsalarni qilishdan qomrqadi, middle va undan katta darajalar, o’zi mas’uliyat oladi, ularda dux bo’ladi va uni bajarishga intiladi. Ya’ni bu yerda, sizni kichik yoki kattaligizni belgilab beruvchi narsa - mas’uliyat bo’lyapti


mas’uliyat -> qo’rquv va hali bor degan to’siqlarni yengish -> katta tajribalar -> katta natijalar

@sukhrob_fikrlog
  • âš¡ 2
Post #135 177
Yangi oy🌙
Post #134 182
reduce the scope, stick to the schedule

create conditions for success

worth the hassle? master the art of getting started

consistency is so important, train for 20 minutes instead of 60.

gaining knowledge or learning smth new is like training every day or 3 days a week, important thing is getting started and stick to it.
Post #133 182
voqelikni oldindan bilish

mana bu ish bo'lsa, mana bunaqa bo'lar edi, bunday bo'lmadi, afsus;

tanish so'zlar-a?

afsus nadomatlar, sokinlik olib keladimi?

har bir narsaga rozi bo'lish, iymonni muhim qismlaridan;

shunday ekan, har doim yaxshisini so'rash va unga intilish kerak;

bu voqea - qandaydir xavfdan qaytargan bo'lishi mumkinku? yoki bundanda yaxshisi tayyorlab qo'yilgandir;

shunday ekan, har doim - yaxshi gumon va birga shukur qilish - bu go'zal amallardandir.
  • âš¡ 3
Post #132 169
komil inson

maktabda odobnoma darsida, komil inson degan tushunchani o'rgatishar edi.

To'g'risi boshlang'ich sinfdagi bolaga bu tushunchani anglash sal qiyinroq edi, kitobda ham bo'lib qismlarga ajratib yozilgandi.

Islom bizga o'rta hol va hayotni barcha aspektlarini bitta balansga qo'yishni o'rgatadi.

hayot aspektlari nima desak?

- jismoniy: sport bilan shug'illanish, to'g'ri ovqatlanish
- ijtimoiy: oila, odamlar bilan yaxshi munosobat
- moliyaviy: halol yo'l bilan pul topish va sadaqa berish
- ta'limiy: o'qi, o'rgan, o'rgat
- ruhiy: namoz, Qur'an, zikr

rasmda ko'rinib turibdiki, 5 ta aspekt xuddi inson qo'lini 5 barmog'i kabidir, lekin muvozantli shakli;

rasm olindi: https://mindful.so/#axes
Post #131 158
shunaqa bo’lsa zo’r bo’lar edi

yoq - bu seni fikring

katta ehtimol bilan, bu - ma’lum bir sabab oladi

masalan biron joyga ishga kirmoqchisiz

zo’r bo’lar edi deb emas, Alloh nasib qilsa kiraman deyish kerak

chuni Alloh bizga nima yaxshi va yomon; kerak va kerakmasligini - U yaxshi biladi

sabablarni qilish kerak, qolganini esa taqdirni belgilagan zotga topshirish kerak
  • âš¡ 3
Post #130 218
jahl hammada bor

uni jilovlash esa - hammada ham yoq
  • âš¡ 5
Post #129 269
ko'chadan topgan har bir miqdor

u hoh katta yoki kichik bo'lsin

barakasi ichida bo'lsin deyishadi, ota-onalarimiz, umrlari uzoq bo'lsin.

shunday ekan, Alloh bizga ajratga umr va rizq qalamda yozilgan

har doim, sabablarini qilish va katta niyat qilish kerak.
Post #128 286
Allohni sizga bergan ne'matlarini qanchalik ko'pligini va uni mo'jizalarini ko'rishni istaysizmi?

hayotdan maqsad topishni istaysizmi?

hayot tashvishlaridan siqildizmi?

shovqinli joydamisiz, unda u yerdan uzoqlashib ko'ring.

sayohat qiling - ko'pgina holatizga yechim bu.
  • âš¡ 6
Older posts →

About this channel

How can I read @sukhrob_fikrlog without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Suhrob's Fikrlog 🚀: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Suhrob's Fikrlog 🚀 have?
Suhrob's Fikrlog 🚀 (@sukhrob_fikrlog) has 53 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Suhrob's Fikrlog 🚀 know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →