34 yillik soha
bir kun uzoq bir joyga tadbirga borgandim
masofa - uzoq, uyga qaytishga kechga qoldim soat 23:50 atrofi
taksi
MGQIZ (bu zavodda deyarli qishlog’imizni 60-70% i ishlashadi) oldiga tushirdi, uyimizda 20 kmcha masofa
piyoda sekin yurdim, tun yarim - bironta moshina yoq yo’lda(bu yerlarda aholi yashash joyidan ancha olisroda)
xayolimga kechki semina almashadigan ishchilarni uyiga yetib qo’yadigan VAXTA yodimga keldi(12:30 larda yuradi)
mana shu 40 minutda u yerdan chiqqan ishchi akalar bilan suhbat qildik - asosan zavoddagi ishlar, ularni sohasi va men ham o’z soham haqida
mana shu avtobus bilan, ishdan charchab chiqqan bir necha qishloqdosh akalar bilan uyga yetib oldim
__
mana shu vaqtda Otamni uyga qaytishlarni his qildim - 34 yil tokirlik sohasida mana shu zavodda ishladila, to’g’ri, ish jarayonlarini his qila olmasman, lekin zavod xodimlari bilan bo’lgan suhbat - ancha ishni qiyinchiligini, kuniga 10-12 soat ishlab oilasini boqish uchun harakat qilayotgan Otalarni his qildim
(Otam hozir oxirgi 3 yildan beri nafaqadala, Alhamdullilah)
ba’zan otamizni biz uchun qilgan mehnatini tushunish uchun ularning ishini bajarishimiz shart emas ekan
bir kecha, bir avtobus, ishdan charchab qaytayotgan bir necha inson bilan suhbat - menga Otamning 34 yillik mehnatiga boshqacha ko‘z bilan qarashga sabab bo‘ldi
Post #145
115
- ⚡ 6