TGViewer
Channel Public Channel
StartUpper

StartUpper

@startupper_uz

🚀 O‘zbekistondagi innovatsiyalar va startaplarga bag‘ishlangan mediaplatforma va qo‘shimcha ravishda shu kabilar.

Bog'lanish: @startupper_admin
Subscribers
3.69K
Photos
1.6K
Videos
271
Links
1.3K

Showing posts older than #2331 · Back to latest

Older Posts 11 shown
Post #2330 978

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • ⚡ 5
  • 👍 4
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • ❤‍🔥 1
Post #2328 1.07K
🚀 “Yashil innovatsiyalar” tanlovi Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqichi start oladi !

📍 O'tkazilish joyi: Nukus Yoshlar texnoparki (A.Shamuratova ko'chasi 146-uy)
📊 Vaqti: 30-mart 11:00

📞 Ma'lumot uchun +998976680747

Bizni kuzatib boring:


Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 4
  • 🤝 3
Post #2323 7.25K
🔝 Startap g‘oyangiz bor, lekin uni qanday amalga oshirishni bilmayapsizmi? Unda ushbu onlayn seminar aynan siz uchun!


30-mart soat 20:00 da spiker – Azizbek Ilhomov bilan onlayn seminar bo‘lib o‘tadi. Unda startap loyihani birinchi qadamdan boshlab rivojlantirish bosqichlari tushuntiriladi.

Seminar davomida nimalarni bilib olasiz?

✅ Startap nima va uning an'anaviy biznesdan farqi;
✅ G‘oyani tekshirish va bozor talabini aniqlash usullari;
✅ Ilk MVP (minimal viable product) yaratish jarayoni;
✅ O‘zbekistondagi grantlar, akseleratorlar va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;

🗓 Sana: 30-mart
⏰ Vaqt: 20:00
📍Manzil: Edu.uz
💰Ishtirok etish: bepul

Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ⚡ 4
  • ❤ 2
  • 🔥 2
Post #2322 1.17K
🔝 Muammo g‘oyada emas, jamoada!

Ko‘pchilik startap muvaffaqiyatsizligini g‘oya xatosi yoki mablag‘ yetishmasligi bilan bog‘laydi, biroq tahlillar boshqa natijani ko‘rsatmoqda. Harvard Business School professori Noam Wasserman 10 000 dan ortiq loyihani o‘rganib, startaplarning 65 foizi aynan asoschilar o‘rtasidagi ziddiyat, ishonchsizlik va kadrlar tanlovidagi xatolar tufayli yopilishini aniqladi. Mahsulot yoki bozor bilan bog‘liq texnik xatolar esa 35 foiz holatda loyihani to‘xtatishga sabab bo‘ladi.

CB Insights tadqiqotiga ko‘ra, “not the right team” omili (23%) bozordagi talab yo‘qligidan keyingi asosiy sababdir. Shu bilan birga, jamoaviy startaplar yakka asoschilarga nisbatan 163 foiz ko‘proq daromad keltiradi.

Xulosa shuki, startaplarning 2/3 qismi jamoaviy inqiroz tufayli faoliyatini to‘xtatadi. Mahsulot sifatli bo‘lsa-da, jamoa kuchsiz bo‘lishi mag‘lubiyatga olib keladi.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ⚡ 6
  • ❤‍🔥 2
  • ❤ 2
  • 💯 1
Post #2321 880
Agentlik rahbariyatining Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari yakunlari

Safar davomida hududdagi innovatsion infratuzilma ob’ektlari, texnoparklar va ishlab chiqarish quvvatlari faoliyati o‘rganildi.

▶️Jarayonlarni videolavhada tomosha qiling.

Navbatdagi manzilimiz qayer bo‘lishini xohlaysiz? Izohlarda yozib qoldiring

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤‍🔥 2
  • ⚡ 1
  • ❤ 1
Post #2314 1.08K
🚀 Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyatining Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari yakunlandi!

Safar davomida hududdagi innovatsion ekotizim drayverlari, ishlab chiqarish quvvatlari va yangi barpo etilayotgan infratuzilmalar ko‘zdan kechirildi:

📍 Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi (FABLAB):
Qarshi davlat texnika universitetida bunyod etilayotgan ushbu maskan yoshlar uchun g‘oyalarni amaliy prototiplarga aylantirish imkonini beradi. Markaz mahsulotlarni tijoratlashtirish va amaliy ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qiladi.

📍 Qarshi Yoshlar texnoparki:
Texnopark infratuzilmasi va yoshlar loyihalari ko‘zdan kechirildi. Startaplarni mentorlik asosida bozorga olib chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

📍 “Turdi muazzam servis” oilaviy korxonasi:
Qarshi innovatsion tumanida yuqori bosimga chidamli isitish qozonlari ishlab chiqarish loyihasi o‘rganildi. Jahon bankining MUNIS dasturi (50 ming AQSh dollari) hisobidan moliyalashtirilgan ushbu korxonada 42 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

📍 “Shohista logo” oilaviy korxonasi:
Ijtimoiy innovatsiyalar yo‘nalishida MUNIS dasturi doirasida moliyalashtirilgan maxsus ehtiyojli bolalar reabilitatsiya markazi faoliyati tahlil qilindi.

Xizmat safari davomidagi yangiliklarni kuzatib borishda davom eting!

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 1
Post #2309 899
📢 Qashqadaryolik yoshlar bilan ochiq muloqot!

Qarshi davlat texnika universitetida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyati hamda faol yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Agentlik mas’ul vakillari tomonidan ishtirokchilarga startap ekotizimini rivojlantirishga oid Prezident qarorlari hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun “Spin-off” kompaniyalarini tashkil etish tartibi tushuntirildi.

Muloqot davomida startaplarni qo‘llab-quvvatlashda faqat davlat grantlari bilan cheklanib qolmasdan, mamlakatdagi 4 ta xususiy venchur fondi imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, uchrashuv doirasida universitet bilan hamkorlikda qo‘shma biznes-inkubator tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tadbir yakunida yoshlar o‘z loyihalari bo‘yicha mutaxassislardan texnik maslahatlar va yo‘nalishlar oldilar.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 2
  • ⚡ 2
  • 🤝 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →