TGViewer
StartUpper StartUpper @startupper_uz · 3.67K subscribers
Post #2309 899
📢 Qashqadaryolik yoshlar bilan ochiq muloqot!

Qarshi davlat texnika universitetida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Innovatsion rivojlanish agentligi rahbariyati hamda faol yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Agentlik mas’ul vakillari tomonidan ishtirokchilarga startap ekotizimini rivojlantirishga oid Prezident qarorlari hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish uchun “Spin-off” kompaniyalarini tashkil etish tartibi tushuntirildi.

Muloqot davomida startaplarni qo‘llab-quvvatlashda faqat davlat grantlari bilan cheklanib qolmasdan, mamlakatdagi 4 ta xususiy venchur fondi imkoniyatlaridan keng foydalanish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, uchrashuv doirasida universitet bilan hamkorlikda qo‘shma biznes-inkubator tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tadbir yakunida yoshlar o‘z loyihalari bo‘yicha mutaxassislardan texnik maslahatlar va yo‘nalishlar oldilar.

🔗 Bizni kuzatib boring: Telegram | Instagram| YouTube
  • ❤ 2
  • ⚡ 2
  • 🤝 1
More from @startupper_uz
  1. Oct 14, 2026Startapingiz uchun 500 ming dollargacha sarmoya jalb qiling 📗 Agrobank va AgroVentures ko…
  2. Oct 13, 2026🏆 Robototexnika bo'yicha jahon chempionlari taqdirlandi Bugun INNO Texnoparkda FIRST Glob…
  3. Oct 13, 2026Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Yoshlarning innovatsiyalar ofisi faoliyati bilan tanis…
  4. Oct 12, 2026🤖 Claude endi bitta jumladan interaktiv mexanizm yasay oladi Claude Code uchun Anatomy no…
  5. Oct 12, 2026Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O‘z…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →